"Qari qiz", "Pandemiya", "Uch qahramon": "Oltin Humo" mukofoti uchun nomzod filmlar e'lon qilindi
“Oltin Humo” — 2024 milliy kinotaqdimotida yilning eng yaxshi filmi boʻlish uchun kurashadigan kinokartinalar roʻyxati e’lon qilindi. Qayd etilishicha, 19 ta film uchun arizalar topshirilgan.
Shuningdek, “Oltin Humo” — 2024 milliy kinotaqdimoti 26-dekabr sanasida bo‘lib o‘tishi ham belgilandi. Kinotaqdimotda arizalari topshirilgan quyidagi badiiy filmlar qatnashadi:
- “Pandemiya” badiiy filmi, rejissyor — Abutolib Adamkulov ;
- “Maxtumquli Firog‘iy” badiiy filmi, rejissyor — Muzaffarxon Erkinov;
- “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi, rejissyor — Jahongir Ahmedov;
- “Bir kuni Samarqandda” badiiy filmi, rejissyor — Nayzabek Sidiqov;
- “Ofitser 55” badiiy filmi, rejissyor — Rustam Meliyev;
- “Tanlov” badiiy filmi, rejissyor — Abbos Abdullayev;
- “Ishq va anduh” badiiy filmi, rejissyor — Ibroxim Rasulov;
- “Odina” badiiy filmi, rejissyor — Xusan Xabibullayev;
- “House” badiiy filmi, rejissyor — Jamshid Narziqulov;
- “Qari qiz” badiiy filmi, rejissyor — Ilhom Muhammadibrohimov;
- “Shurochka” badiiy filmi, rejissyor — Zulfiqor Musoqov;
- “Uch qahramon” badiiy filmi, rejissyor — Shohruh Rasulov;
- “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi, rejissyor — Qudrat Otajonov;
- “Azart oqibati” badiiy filmi, rejissyor — Aybek Tolegenov;
- “Bir kuni Karagandada” badiiy filmi, rejissyor — Odilxo‘ja Maxamadov;
- “Sevdo” badiiy filmi, rejissyor — Hilol Nasimov;
- “Ogoh” badiiy filmi, rejissyor — Umid Qanoatov;
- “Kimdir” badiiy filmi, rejissyor — Fayzirahmon Usmonov;
- “Hokim buva” badiiy filmi, rejissyor — Sarvar Karimov.
Bungacha Afisha.uz saytida “Qari qiz”, “Pandemiya” va “Uch qahramon” filmlariga taqirzlar e’lon qilingandi.
Oddiy "Uchastkoviy" taqdiri, qulagan avtobus, Ulugʻbek Qodirovdan kambek: "Uch qahramon" filmiga taqriz
Afisha.uz muharriri yangi film namoyishida ishtirok etdi va quyida kinokartina haqida fikrlarini bildiradi. Ehtiyot boʻling, spoyler ham bor.
Ogʻir mavzudagi ogʻir kino: "Pandemiya" filmiga taqriz
10-sentyabr kuni Milliy kino san’ati saroyida yosh rejissyor Abutolib Adamqulov tomonidan suratga olingan “Pandemiya” filmining ilk katta premyerasi oʻtkazildi. Afisha.uz jurnalisti yangi film namoyishida ishtirok etdi va quyida kinokartina hamda tadbir haqida fikrlarini bildiradi.
Oila qurmagan qahramon haqidagi oilaviy drama: "Qariqiz" filmiga taqriz
27-avgust kuni Milliy kino san’ati saroyida Last Media studiyasi tomonidan suratga olingan “Qariqiz” filmining ilk katta premyerasi oʻtkazildi. Afisha.uz jurnalisti yangi film namoyishida ishtirok etdi va quyida kinokartina haqida fikrlarini bildiradi.