Afisha.uz loyihasi haqida

Afisha.uz — madaniyat, ko‘ngilochar va hordiq chiqarish sohasida axborot xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik portali. Saytda yangiliklar va bo‘lajak tadbirlar haqidagi e‘lonlar, kinofilmlar, spektakllar va poytaxtdagi muassasalar, kinoteatrlar, spektakllar, konsertlar, ko‘rgazmalar, kechalar jadvali, muassasalar va boshqa xizmatlar haqida batafsil ma‘lumotlar e‘lon qilinadi.

Xizmat va loyihalar

  • Ilova   — мобильное приложение для iPhone va Android smartfonlari uchun ilova.
  • Ob-havo  — O‘zbekiston shaharlari bo‘yicha ob-havo ma‘lumotlari.
  • Kalendar  — tanlangan sana uchun barcha tadbirlar jadvali.
  • Filmlar  — yaqin kunlar va oylarda bo‘ladigan jahon filmlari premyeralari ro‘yxati.

Alohida xizmatlar va hamkorlar

  • Gazeta.uz  — O‘zbekiston yangiliklari: iqtisodiyot, jamiyat, siyosat, sport, madaniyat, jahon yangiliklari.
  • Zira.uz  — retseptlar, foydali maqolalar va pazandachilik sohasidagi yangiliklar.
  • Spot.uz  — O‘zbekistonda iqtisodiyot, biznes, texnologiyalar haqidagi yangiliklar va maqolalar.
  • Obhavo.uz  — O‘zbekistonning barcha shaharlari uchun kunlik ob-havo ma‘lumoti.

Tarix

Afisha loyihasi o‘z faoliyatini 2005-yil 28-iyunda boshlagan. Birinchi loyiha "Blog" (eski nomi "Madaniy blog") bo‘lib, u portalni targ‘ib qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. Shundan so‘ng Forum, Teledastur, Ob-havo xizmatlari ishga tushirildi. Afisha.uz portalining rasmiy ochilishi 2006-yil 1-noyabrda bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlar

  • "UZ" domeni internet festivali 2012
    nominatsiyasida 2-o‘rin
  • "UZ" domeni internet festivali 2009
    «Yoshlar uchun sayt» nominatsiyasida 1-o‘rin
  • "UZ" domeni internet festivali 2007
    «Elektron OAV» nominatsiyasida 2-o‘rin
    «Madaniyat va san‘at» nominatsiyasida 2-o‘rin

Guvohnomalar va patentlar

Afisha.uz sayti O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligida (O‘zAPI) ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron ommaviy axborot vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 2019-yil 13-avgustdagi №0400 guvohnoma.

Loyiha logotipi, shuningdek, «Afisha» so‘zi O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisi hisoblanadi. Ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi MGU 35759 (2018-yil 7-sentyabr).