Qirgʻoqdagi kuzgi sayr: Toshkentdagi "Seoul Mun" qanday koʻrinishda? Foto
Toshkentning Boʻrijar kanali boʻyida barpo etilgan savdo majmuasi faoliyat boshlaganiga ham bir necha yil boʻldi. Odamlar u yerga borib sayr qilish, ovqatlanish yoki shopping qilishni oʻrgandi. Lekin koʻpchilik hali u joyda nimalar bor ekani haqida yaxshi bilmaydi.
Afisha.uz muxbiri “Seoul Mun” majmuasi kuz faslida qanday koʻrinishga ega boʻlishini suratlarga muxrladi. Shuningdek, quyida u yerda nimalar qilish mumkinligi haqida aytib beradi.
Xoʻsh, oʻzi u yerga qanday borish mumkinligidan boshlaylik: “Seoul"ga metro bilan borish biroz noqulay, eng yaqini — “Xalqlar doʻstligi”, undan chiqib, avtobusga oʻtirsangiz ham boʻladi. Yanada tushunarliroq qiladigan boʻlsak, bu majmua “Magic City” bogʻi (500 metr) va “Next” savdo markazi (300 metr) oʻrtasidan oqib oʻtgan kanal boʻyida joylashgan.
Suv yoqasidagi maskanda milliy, xorijiy oshxonalarni topishingiz mumkin: turk ovqatlaridan to koreyschasigacha. Majmuaning birinchi qavatida qator fast-fudlar, ikkinchi va uchinchi qavatlarda uzoqroq vaqt oʻtirish mumkin boʻlgan restoran va kafelar joylashgan.
Qirg‘oqning o‘zi juda keng, unga oddiy zinapoya va eskalator orqali tushish mumkin. Bundan tashqari, nogiron yoki shunchaki charchagan odamlarga qulaylik yaratish uchun lift ham bor. Birinchi qavatda oʻrindiqlar koʻp va yaxshi tomonida — chiqindi chelaklarini ham har bir qavatda yetarlicha uchratasiz.
Shuningdek, “Seoul Mun"ning oʻziga xos ajoyib jihati — favvoralar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oqning markazida, ikki tomonda uzun qator bo‘lib joylashgan, kechqurun u bir qala qiziquvchilarni o‘z oldiga yig‘adi. Gap shundaki, bu favvoralar oddiy emas, balki rangli-musiqiy. Yonlarda joylashgan fontanlar to‘plami mehmonlarni hayajonli raqs dasturi bilan quvontiradi.
Ushbu tadbir har soatda boshlanadi va taxminan 30 daqiqa davom etadi. Har bir qo‘shiqning oʻziga xos “xoreografiyasi” bor, musiqa janri qoʻshiq matnidan tortib joʻshqin pop janrigacha oʻzgarib turadi hamda mahalliy va xorijiy ijrochilarni, ayniqsa, koreys ijrochilarni o‘z ichiga oladi.
Darhaqiqat, hamma narsa tomosha qilish uchun qulay qilib yaratilgan: favvoralar ro‘parasida zinapoyalar mavjud.
Katta, yog‘chga o‘xshash zinapoyalar tomoshabinlar uchun moʻljallangan boʻlib, ular birinchi qatordan to‘rtinchi qatorgacha.
Kanal ustidan ikkita ko‘prik o‘tgan, ular ham ajoyib manzaralarni taqdim etadi. Bundan tashqari, butun qirg‘oq bo‘ylab ko‘plab skameykalar mavjud.
“Seoul Mun"ning ikkinchi qirgʻogʻida hali qurilish ishlari toʻliq bitgani yoʻq, ammo ba’zi kafelar ochilgan, masalan, yaqinda u yerda “Giotto” va “Side” restorani ish boshladi. Qolgan joylarda esa “Tez kunda” yozuvini koʻrish mumkin.
Yana yemakxonalar va birinchi qavatga qaytadigan boʻlsak, u yerda koʻpchilikka tanish boʻlgan KFC, “Wendy's”, “Belissimo” kabi fastfud tarmoqlarini uchratish mumkin.
Shuningdek, agar ramen ichishni xohlasangiz yoki shunchaki anime muxlisi boʻlsangiz, “Kitsune” anime-kafesiga kirishingiz mumkin. Ashaddiy anime ixlosmandlariga ushbu kafe sharhini oʻqishni tavsiya qilamiz.
Shuningdek, ramen ishqibozlari uchun maxsus “iRamen” kafesi ham bor. Unda muhit oʻzgacha: bu joy 1970-yillardagi Tokio koʻchalarini eslatadi. Bu kafe haqida Instagram sahifamizda koʻrishingiz mumkin.
Turkcha street food Toshkentda: "Balikçi Ahmet Usta"dagi baliq-durum haqida
Baliq-durumga lavash, skumbriya, koʻkatlar, ziravor va maxsus souslar qoʻshiladi.
Rasmingizni qahva idishiga bepul chizib beradigan kofeshop – "Salom" haqida
Salom! Biz maqolani shunchaki salom berib boshlamadik, bu — Toshkentda yangi ochilgan noodatiy kofe doʻkonining nomi. Uning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, kofeshopda nafaqat baristalar, balki rassomlar ham ishlaydi.