Film sharhi
Afisha.uz muharriri salkam ikki yarim soatli filmni tomosha qildi va quyida oʻz fikrlari bilan boʻlishadi. Ehtiyot boʻling, spoylerlar boʻlishi mumkin.
35 yoshli Odilning hikoyasi, aqliy rivojlanishi sakkiz yoshli bola darajasida qolgan o’ziga xos shaxs. Odil kichik bir qishloqda 75 yoshli onasi Rayxon opa bilan yashaydi, u hamisha Alloh taolo uni o‘zgacha sevishini, shuning uchun to‘g‘ri jannatga kirishini aytib turadi. Ammo Odil onasisiz jannatga borishni istamaydi. Kunlarning birida u boshqa sakkiz yoshli bolakaydan bilib oladiki, agar u onasini muqaddas Makka shahriga piyoda olib borsa, onasi Jannatga kirishi mumkin.