Lola 2024-yilgi konsertini kinoteatrda premyera qiladi

Xonanda Lola oʻzining 2024-yilgi jonli konsertini “Cinematica” kinoteatrida premyera qiladi. Namoyish 2-fevral kuni 19:30 da, “Tashkent City Mall"dagi kinoteatrning “Avalon ATMOS” zalida boʻlib oʻtadi.
Kinoteatr saytida hozircha faqatgina bitta seans anonsi chiqarilgan. Chipta narxi — 200 000 soʻm.
Eslatib oʻtamiz, mazkur shou “FTV Music Awards 2024” va “Oʻzbegim 2024” taqdirlash marosimlarida yilning eng yaxshi konserti deb topilgan.
"Sen hayotimning – mazmunisan": Lolaning shov-shuvli 2024-yilgi konsertidan reportaj
O‘zbek estradasining taniqli va o‘ziga xos vakili Lola 27-29-sentabr kunlari uzoq kutilgan yakkaxon konsertini taqdim etdi. Xonanda "Xalqlar do‘stligi" sanʼat saroyida bo‘lib o‘tgan 20 yillik ijodiy sarhisobida barcha qo‘shiqlarni to‘liq jonli ijroda kuyladi. U nafaqat konsert repertuarini rang-barang qilishga, balki sahna bezagi, imiji va mashhur hamkasblari bilan duet aytishga ham katta ahamiyat qaratdi. Afisha.uz muxbirlari Lolaning shov-shuvli konsertidan foto va video reportaj tayyorladi.