Sovrin 30 000 dollar boʻlgan Beruniy mukofoti uchun arizalar qabuli boshlandi

Beruniy nomidagi YUNESKO-O‘zbekiston xalqaro mukofotiga arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan, innovatsion yechimlarni ishlab chiqayotgan yoki sun’iy idrok odob-axloqi sohasidagi izlanishlarga hissa qo‘shayotganlar ariza topshirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, mukofot bilan ikki yilda bir marotaba 3 nafar sovrindor taqdirlanadi. Ularning har biri 30 000 dollar, “Beruniy” medali va sertifikat sohibi bo‘ladi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Arizalar 2025-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizani ushbu havola orqali topshirish mumkin.