Kutubxona yugurish jamoasining ilk uchrashuvi

Respublika bolalar kutubxonasida kutubxona yugurish jamoasining ilk uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Kutubxona yugurish jamoasining ilk yig‘ilishida shaharda yugurishni qanday boshlash va oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas tashlab qo‘ymaslik, qulay yo‘nalishni tanlash qanchalik muhimligi, xavfsiz hamda zavq bilan yugurish uchun murabbiyning ko‘magi zarur yoki zarur emasligi haqida soʻzlashiladi.
Uchrashuv maxsus mehmoni — “Samarkand Marathon” turkum yugurish musobaqalari muvofiqlashtiruvchisi, “Tashkent Runners” yugurish hamjamiyati asoschisi Mirxan Sagitov.
Shuningdek, uchrashuvda yugurishni oilaviy mashg‘ulotga aylantirish va bolalardan nimani o‘rganish mumkinligini, havaskor marafonlarning qaysilarini e’tiborga olish lozimligini va qanday qilib ularga asabiylashmasdan tayyorgarlik ko‘rishni bilib olish mumkin.
Muloqot tili: rus.
Ishtirok etish bepul.
Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
- 5 aprel, 16:00Respublika bolalar kutubxonasiToshkent, Yaxyo G'ulomov ko‘ch., 47