Mashhur muzeylarga bepul sayohat: Google Arts & Culture platformasi haqida

E’lon qilingan sana· 264
Mashhur muzeylarga bepul sayohat: Google Arts & Culture platformasi haqida

Hozirgi kunda boshqa davlatlarga sayohat qilish ancha-muncha osonlashdi. Lekin shunday boʻlsa-da, koʻpchilikda bunga imkon boʻlmasligi mumkin: ba’zilarda moliyaviy muammo, boshqalarda esa vaqt tomonlama. Zamon rivojlanishi bilan muzeylarni aylanish, san’at asarlarini tomosha qilish osonlashdi — bularni onlayn, uydan chiqmay ham qilish mumkin. Lekin buni dunyo kezishga nima aloqasi bor, deysizmi? “Google Arts and Culture” yordamida dunyoning mashhur muzeylari, san’at asarlari va mashhur nuqtalarini yuqori sifatda tomosha qilishingiz, umuman san’at bilan bogʻliq koʻp narsa haqida batafsil bilib olishingiz mumkin. Va bularning barchasi bepul!

Afisha.uz quyida aynan “Google Arts & Culture” xizmati haqida ma’lumot beradi.


“Google Arts & Culture” — bu Google’ning butun dunyo bo‘ylab hamkor madaniy tashkilotlarning san’at asarlari va madaniy artefaktlarning yuqori aniqlikdagi tasvirlari hamda videolari yuklangan onlayn platformasi. Qisqa qilib aytganda, raqamli muzey. Juda katta va keng qamrovli muzey. U yerda nimalar qilish mumkin? Qisqa koʻrib chiqamiz.

Muzeylarga onlayn tashrif

“Street View” texnologiyasi yordamida Parijdagi dunyoga mashhur Luvr, Nyu Yorkdagi Metropolitan muzeyi va Britaniya muzeyi kabi yirik muassasalarga virtual sayohatlar uyushtirish mumkin. Ushbu sayrda siz butun zalni aylanib chiqishingiz, muzey va san’at asarlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz hamda suratlarni yuqori aniqlikda tomosha qilishingiz mumkin. Bu uchun kompyuterdan foydalanishni maslahat beramiz.

Platforma orqali dunyo boʻylab 3 mingdan ortiq muzeyni tomosha qilishi mumkin. Ularning barchasi 360 gradusli kenglikdagi suratlarda yigʻilgan boʻlib, foydalanuvchiga tomoshani yanada qulay qiladi. “Google Arts and Culture"da virtual aylanib chiqish mumkin boʻlgan muzeylar roʻyxati bu yerda. Ular orasida Luvr, Britaniya, Van Gog, NASA muzeylari kabi mashhurlari bor. Kiring, koʻring, koʻzlar orom olsin.


Yuqori sifatdagi suratlar

Platforma san’at asarlarining ultra yuqori aniqlikdagi tasvirlarini taqdim etadi. Siz Van Gog polotnolaridagi mo‘yqalam surtmalarini yoki Mikelanjelo haykaltaroshligidagi marmar teksturasini juda yuqori sifatda ko‘rishingiz mumkin. Masalan, quyida niderlandiyalik mashhur rassomning “Yulduzli tun” (“The Starry Night”) peyzajini oddiy va yaqinlashtirilgan variantini koʻrib chiqamiz.


Umumiy koʻrinishi


Yaqinlashtirilgan koʻrinishi

Tabiiyki, yuqoridagi rasmlar skrinshot qilingan va unda sifat pasayishi aniq. Kompyuter yoki telefonda koʻrsangiz, san’at asarini detallarigacha tomosha qilishingiz mumkin.

Mashhur asarlarni yuqori sifatda ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Foydali ma’lumotlar, ta’lim materiallari

“Google Arts & Culture” san’at ahli, tarixiy voqealar va madaniy hodisalar haqida hikoya qiluvchi maqolalar, videolar va interaktiv loyihalarni ham bepul taqdim etadi. Bu talabalar, o‘qituvchilar va san’at ixlosmandlari uchun qimmatli resurs boʻlishi mumkin.

Ba’zi maqolalar rus va ingliz tillarida yoki faqat bitta tilda taqdim etiladi.

3D obyektlar

Platformada mingdan ortiq obyekt — bino, inshoat va haykallar 3D oʻlchamiga keltirilgan.

Masalan, Normandiya Amerika qabristonini u tomonidan ham, bu tomonidan ham — aylantirib-aylantirib tomosha qilishingiz mumkin. Bunday 3D modellardan esa platformada mingdan koʻp.

Shuningdek, “Google Arts” orqali san’at asarlari yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz, suratlar aynan qaysi yoʻnalishga mansub ekanini koʻrib chiqishingiz mumkin.

San’at asarlaridagi “egizagingiz"ni toping

Dastur butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab san’at asarlari orasidan sizga o‘xshash inson tasvirini qidiradi.

Suratlarda o‘zingizni topish uchun platformaning mobil ilovasiga kirib, selfi olishingiz kerak. Ishlov berilgandan so‘ng, ilova rasmlarning bir nechta variantlarini taqdim etadi, ularning tasviri siznikiga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Variantlar o‘xshashlik foizi bo‘yicha joylashtiriladi. Har bir rasm uchun qo‘shimcha ma’lumot o‘qish mumkin.

Google Arts & Culture’dagi Oʻzbekistonga oid toʻplamda

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi platforma bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Yaff Assulin va Laziz Hamaninini “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobini nashr etishga ilhomlantirgan mamlakat tarixi va arxitektura yodgorliklari mavjud. Shuningdek, u yerda Oʻzbekistonga bagʻishlangan qator koʻrgazmalar ochilgan.

Oʻzbekistonga oid ba’zi materiallar:

Shuningdek, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi sahifasida ba’zi suratlarni yuqori oʻlchamda tomosha qilish mumkin.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov