"Marketing and Reputation day" konferensiyasi
“Panarams Tashkent” mehmonxonasida “Marketing and Reputation day” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Marketing & Reputation day — bu O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridan marketing va obro‘-e'tibor boshqaruvi sohasidagi yetakchilar, ekspertlar va mutaxassislarni birlashtiruvchi asosiy tadbir hisoblanadi.
Konferensiya jamoalar orqali ilgari surish strategiyalarini o‘rganish, shaxsiy brendlarni yaratish, PR uchun tahliliy vositalarni qo‘llash, shuningdek, samarali marketing uchun hamkorlikdan foydalanishga qaratilgan. Ishtirokchilar kommunikatsiyalar va obro‘-e'tibor boshqaruvi sohasidagi eng so‘nggi tendensiyalar haqida ma’lumot oladilar, hamda o‘z biznes maqsadlarini amalga oshirish uchun amaliy maslahatlar va real misollarni qo‘lga kiritadilar.
Tadbirda quyidagilar muhokama qilinadi:
- jamoalar shaxsiy brendni ilgari surish va turli mamlakatlarda tashabbuslarni amalga oshirishga qanday yordam berishi;
- biznes uchun brendingning strategik ahamiyati;
- brendingning savdoga ta’siri va uning PR vositasi sifatidagi o‘rni;
- tahlil asosida PR strategiyasini ishlab chiqish;
- samarali PR-strategiya va kommunikatsiyalar xaritasini yaratish uchun tahliliy ma’lumotlardan foydalanish;
- PR uchun hamkorliklar;
- muvaffaqiyatli hamkorlik, barter asosidagi integratsiya va brendga e’tiborni jalb qilish misollari;
- shaxsiy brend orqali biznesni ilgari surish, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash va ommaviy axborot vositalarida eslatmalar olish usullari.
Konferensiya quyidagilarga mo‘ljallangan:
- kompaniyalarning egalari va bosh direktоrlari;
- marketing bo‘yicha direktorlar;
- ommaviy axborot vositalari vakillari va taniqli shaxslar;
- tashqi va ichki kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar;
- PR-direktorlar va brend-menejerlar;
- internet-agentliklar rahbarlari;
- SERM, ORM va ijtimoiy media monitoringi mutaxassislari;
- raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar.
Ma’ruzachilar:
- Dmitriy Sidorin;
- Timur Bakiyev;
- Akmal Raimov;
- Ivanov Aleksey;
- Tatyana Jurilova;
- Nikita Proxorov;
- Shohzod Muxtarov;
- Olesya Appazova;
- Nataliya Tuyg‘unova;
- Dinara Axmetova.
Chiptalar narxi: 200 000 so‘m.
Xarid qilish.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
- Sana27 noyabr, 11:00