Anons

IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi

E’lon qilingan sana· 53
IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi

“CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida WCCE 2024 — IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mavzu: “Inklyuziv ijodkorlik — o‘zgargan voqelik”.

2024-yilgi konferensiyaning mavzusi texnologiyaning jadal rivojlanishidan kelib chiqadigan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni, xususan, sun’iy idrokning joriy etilishida intellektual mulk huquqlari qanday belgilanishi va ijodiy odob-axloq qay tarzda o‘zgarayotganini tadqiq etishga bag‘ishlanadi.

Konferensiyaning 6 ta sub mavzusi:

  • Mehnat zaxiralari sur’ati: Rivojlanayotgan texnologiyalar bois mehnat bozoridagi zamonaviy bandlik va global o‘zgarishlarning murakkabligini o‘rganish;

  • Fanlararo yondashuvga asoslangan shahar: Ijodiy shaharlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, fanlararo va tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirish;

  • Kreativ ta’lim: O‘zgaruvchan voqelikda ijodkorlarga zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmalarni aniqlash va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan ta’limni shakllantirish;

  • Sun’iy idrok davrida intellektual mulk huquqlari: Kreativ iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari duch keladigan yangi huquqiy murakkabliklarni muhokama qilish hamda tegishli yechimlarni topish;

  • Inklyuziv barqarorlik: Ijodiy sanoat sohalarida inklyuzivlikni ta’minlash va ijodiy va madaniy sohalarda barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv dasturlarini amalga oshirish;

  • Ijodiy turmush tarzining tadrijiy rivojlanishi: Ijodiy sanoat sohalariga sinchkov nazar: muloqot, tijorat, ta’lim, sarmoya va marketing uchun yangi maydon va vositalarni rivojlantirishni ijodiy sanoat sohalari qanday rag‘batlantirmoqda;

Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish zarur.

Konferensiya tashkilotchilari: Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi, Indoneziya Turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT).

Afisha.uz tadbirning axborot hamkori hisoblanadi.

  • Sana
    2dan 4-oktabrgacha
    Joy
    CAEx Uzbekistan
    Toshkent, Миллий бог ko‘ch., 1