“Yigit so‘zi” seriali ssenariy muallifi tomonidan mahorat darsi
Toshkent VGIK yozgi hududida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi ishtorikida “Yigit so‘zi. Asfaltda qon” seriali ssenariy muallifi Andrey Zolotarevning mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv savol-javob shaklida o‘tkaziladi, hamma ma’ruzachiga o‘z savollarini berishi mumkin.
Andrey Zolotarev hozirda Rossiyadagi yetakchi kinodramaturg. Uning asarlari orasida “Лёд 1, 2, 3”, “Тренер”, “Призрак”, “Миллиард”, “Притяжение”, “Вторжение” filmlari, “Триггер”, “Вне себя” seriallari va boshqalar kabi jami 50 dan ortiq loyihalar bor.
Andrey Zolotarev serial atrofidagi shov-shuvlar, oxirgi ikki epizodning sizdirilishi, qayta suratga olish qarori, nima uchun ular Qozonda emas, Yaroslavlda suratga olingani va eng muhimi ikkinchi mavsum haqida gapirib beradi.
Toshkentda boʻlmaganlar uchun “Onlayn savol-javob” master-klassi Afisha.uz YouTube kanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Kirish bepul.
- Sana19 mart, 14:00