Turkiyadagi “Central Asia Youth Talks” uchun arizalar qabul qilinmoqda
Jahon Banki va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Dushanbedagi idorasi tomonidan 18−22-dekabr kunlari Istanbul shahrida o‘tkaziladigan “Central Asia Youth Talks” uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Central Asia Youth Talks — bu O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 25 nafar yoshlarni birlashtiradigan almashinuv va o‘quv dasturi. Tadbir yosh faollar uchun o‘z fikr-mulohaza, g‘oyalar va yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, o‘z jamiyatlarida o‘zaro ta’lim va rivojlanishga ko‘maklashishlari uchun mintaqaviy munozara maydonini taqdim etadi.
Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyoda mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, jumladan, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish; suv-energiya zanjiri; inson kapitali va kelajak ish o‘rinlarini yaratish; rivojlanish ishlariga genderni integratsiya qilish, shuningdek, yoshlar muloqotini kuchaytirish va mintaqaning kelajakdagi rivojlanishi uchun tarmoq platformalarini rivojlantirish kabi mavzularni muhokama qiladi.
Ishtirok uchun ariza beruvchilar:
- 18−25 yoshdagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarosi;
- hamjamiyatning faol a’zosi va Markaziy Osiyo (yoshlar) mintaqaviy hamkorligidan manfaatdor bo‘lishi;
- iqlim o‘zgarishi, kelajakdagi ish o‘rinlari va gender rivojlanish sohalarida tajribaga ega bo‘lishi yoki yuqori qiziqish darajasini isbotlay olishi;
- mahalliy hamjamiyatning faol a’zosi va Markaziy Osiyoda yoshlarning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi;
- ingliz va rus tillarida ravon so‘zlasha olishi;
- turli darajadagi yoshlar rolini ilgari surish bo’yicha tajribasini baham ko‘rish va boshqalardan o‘rganish istagiga ega bo‘lishi zarur.
Ariza beruvchilar 19-noyabrga qadar ushbu havola orqali rezyume yuborishlari kerak bo‘ladi. Tanlab olingan ishtirokchilar 30-noyabr kuni xabardor qilinadi.
Turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari (shu jumladan, Turkiyaga borish-kelish ham) tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Ishtirokchilar barcha tadbirlarda ishtirok etishi zarur.
Qo‘shimcha ma’lumotni +992 98 5170145 telefon raqami yoki POID-Election@osce.org elektron pochtasi orqali olish mumkin.