AI — “sun’iy intellekt” yil so‘zi deb topildi

E’lon qilingan sana· 69
AI — “sun’iy intellekt” yil so‘zi deb topildi

Britaniyaning Collins English Dictionary tuzuvchilari Artificial Intelligence (sun'iy intellektr) so‘zining qisqartmasi bo‘lgan AI atamasini yil so‘zi sifatida tanladi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Lug‘atda bu so‘zga aniq ta’rif ham berilgan: “AI — “inson aqliy funksiyalarini kompyuter dasturlari yordamida modellashtirish"ni tavsiflovchi atama”, deyiladi xabarda.

Lug‘at tuzuvchilari AI kelajakdagi texnologik inqilob sohasi deb hisoblanishini va bu haqda 2023-yilda ko‘p gapirilganini ta’kidlagan.

Yil so‘zi uchun da’vogarlar orasida, shuningdek:

  • nepo baby (mashhur kishilarning ota-onalariga o‘xshash martabalarda muvaffaqiyat qozongan farzandlariga nisbatan qo‘llanadi);
  • ultra-processed (murakkab sanoat usullaridan foydalangan holda tayyorlangan [ovqatlar], ko‘pincha ozuqaviy qiymati kam yoki umuman bo‘lmagan ingrediyentlarni o‘z ichiga oladi);
  • debanking (bank mijozning barcha hisoblarini yopishi jarayoni) va boshqalar.

Ma’lumot uchun, Collins English Dictionary bu — Harper Collins nashriyoti tomonidan tayyorlanadigan ingliz tilining izohli lug‘ati. Tahririyat har yili yil so‘zini e’lon qilib boradi. Shunday qilib, 2022-yilda, lug‘atga ko‘ra, “permacrisis” (“permakrizis”) atamasi yil so‘zi bo‘lgan, bu “uzoq vaqt davomidagi beqarorlik va ishonchsizlik davri” degan ma’noni anglatadi.