Anons
"Rahbar, boshqaruvchi va jamoaning hissiy barqarorligi" mavzusida ma'ruza
E’lon qilingan sana: · 5
Alpha Education`da “Rahbar, boshqaruvchi va jamoaning hissiy barqarorligi” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruza o’z biznesini, o’zini va jamoasini faol rivojlantirayotgan, biroq ayni paytda o’zidan qoniqish his qilmayotgan va yangi yo’nalishlar, moliyaviy rag’batlantirish borasida motivatsiyasini yo’qotgan tadbirkorlar, menejerlar uchun foydali bo’ladi.
Ma’ruzada mehmonlar quyidagilarni bilib olishadi:
- biznes bu hayotmi yoki hayot uchun asosmi?;
- intuitiv va tizimli boshqaruv;
- Qanday qilib jadvalning quliga aylanmaslik va kuniga 4 soat ishlash haqida;
- o’z-o'zini hurmat qilish, o’zingizning haqiqiy shaxsiyatingizni, o’z xususiyatlaringizni va ehtiyojlaringizni hissiy barqarorlikning asosi sifatida qabul qilish;
- biznes, hamkorlik va ish munosabatlaridagi shaxsiy chegaralar.
Ma’ruzachi: Janna Prashkevich — The Guests studiyasi rahbari (mijozlar orasida Kaspi Kazakhstan, EBRD, Rixos Almaty va boshqalar bor), 2021-yildan buyon Alpha platformasining rezidenti, boshqaruv va servis mutaxassisi.
Ma’ruza rus tilida olib boriladi.
Ishtirok etish bepul.
Ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.
- Sana14 sentabr, 10:00