Surxondaryoda ilk bor "Tandir Fest" festivali oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 119
Surxondaryoda ilk bor "Tandir Fest" festivali oʻtkaziladi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 2−4 may kunlari ilk bor “Tandir Fest” festivali oʻtkaziladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Festival dasturidan:

  • hududlardan kelgan oshpazlar ishtirokida “Tandir go‘shti"ni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari;
  • milliy an’analar va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari;
  • madaniy-hunarmandchilik yarmarkalari;
  • havo sharlari uchirish tadbirlari;
  • jonli kuy-qo‘shiqlar, folklor jamoalar chiqishlari hamda milliy raqslar namoyishi;
  • festivalning yopilish marosimida taniqli san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert tomoshalari o‘rin olgan.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Boysun bahori” turizm majmuasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling