Samarqandning 5 ta autentik mehmonxonasi: Manzil, narxlar va kontaktlar – 2025

E’lon qilingan sana· 322
Samarqandning 5 ta autentik mehmonxonasi: Manzil, narxlar va kontaktlar – 2025

Samarqand — asrlar davomida sayyohlarni o‘ziga rom etib kelayotgan durdona shahar. Unga tashrif buyuradigan ayrim insonlar, shunchaki, mehmonxona izlamaydi, qoladigan joyida ham tarix ichida yashashni, estetika va komfort uyg‘unlashgan maskanda huzur topishni istaydi.

Ushbu maqolada sizga Samarqanddagi ana shunday 5 ta mehmonxona, ularning manzili, taxminiy narxlari, xizmat turlari va kontakt ma’lumotlari haqida ma’lumot beramiz. Yo‘lga otlanishdan oldin ushbu ro‘yxatga ko‘z yugurtirib chiqishni unutmang.

Aytgancha, agar yo‘lingiz Buxoro tomonlarga tushsa, o‘ziga xos vayb beruvchi, milliylik va komfort uyg‘unlashgan mana bu yerdagi beshta (+bonus) butik mehmonxona haqida ham o‘qib ko‘ring.


Kosh havuz boutique hotel

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Samarqand tarixiy qismining qoq markazi bo‘lgan eski shaharda — YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan me’moriy hududda joylashgan bu mehmonxona arxitekturasida Samarqand tarixi, milliy va yevropacha uslublar uyg‘unlashgan. Kosh Havuz boutique hotel mehmonlariga barcha talablarga javob beradigan jami 32 ta xonani taklif etadi.

Mehmonxona tom qismida bar va uchta jakuzi zonasi bo‘lgan terrasa mavjud. Bu yerdagi shahar panoramasi fonida turli xil ichimliklar, kokteyllar va gazaklar taqdim etiladi. Maydon quyosh botishida tarmoqlar uchun kontent olishga ideal joy ham hisoblanadi. Qolaversa, u fitnes markaz, avtoturargoh, aeroport/vokzalgacha tranfser xizmatini o‘z ichiga oladi.

Standart xona narxi 1 kishi uchun 1 million 750 ming so‘mdan boshlanadi.

Samarqand xalqaro aeroportidan 6 km, Samarqand vokzalidan 5 km uzoqlikda.

Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 10:00.

Manzil: Qo‘shhovuz ko‘chasi, 50-uy.

Murojaat uchun telefon: (+998) 55−702−7770.


Arka boutique hotel

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Samarqand markaziy bog‘i va asosiy gastronomik ko‘chasi yonida joylashgan bu mehmonxona xonalarining har biri o‘ziga xos dizaynga ega. Uning atrofda turli xil do‘konlar, qulay bar, kafe va restoranlar mavjud. 15 daqiqada esa Go‘ri Amir hamda Registon maydoni kabi shaharning diqqatga sazovor joylariga yetib borish mumkin.

Arka boutique hotel’da mehmonlar aeroport/vokzalga eltish, oziq-ovqat yetkazib berish va velosiped ijarasi kabilardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, unda mahalliy va Yevropa taomlarini taklif qiluvchi restoran mavjud. Talab bo‘yicha vegetarian taomlar ham taqdim etiladi.

Standart xona narxi 1 kishi uchun 1 million 100 ming so‘mdan boshlanadi.

Samarqand xalqaro aeroportidan 7 km, Samarqand vokzalidan 6 km uzoqlikda.

Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 11:00.

Manzil: Lutfiy ko‘chasi, 49-uy.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−223−1911.


Platan hotel

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Samarqand shahrining yuragida joylashgan ushbu mehmonxona tashrif buyuruvchilarga zamonaviy qulaylik va an’anaviy o‘zbek mehmondo‘stligini uyg‘unlashtirgan shinam muhitni taklif etadi.​ U Registon maydoni va Go‘ri Amir maqbarasidan 2−2,5 km uzoqlikda joylashgan.

Platan mehmonxonasida jami 12 ta xona mavjud. Har bir xona konditsioner, televizor, seyf kabi zarur buyumlar bilan jihozlangan. Barcha xonalardan bog‘ manzarasi ko‘rinadi. Undagi restoran o‘zbek milliy va dunyo oshxonasidan taomlar taklif etadi. Qolaversa, bar va ochiq havodagi kafe mavjud.

Standart xona narxi 1 kishi uchun 1 million 97 ming so‘mdan boshlanadi.

Samarqand xalqaro aeroportidan 6 km, Samarqand vokzalidan 5 km uzoqlikda.

Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 12:00.

Manzil: Mironshoh Mirzo ko‘chasi, 13-uy.

Murojaat uchun telefon: (+998) 94−187−7777.


Bibikhanum hotel

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Siyob bozori va Shohi Zinda majmuasidan atigi 5 daqiqalik masofada joylashgan bu mehmonxona o‘zining panoramasi bilan sayyohlar e’tiborini tortib keladi. Uning osoyishta va sokin muhitida joylashgan ayvonidagi restoranda o‘tirib, eski shahar manzaralari, ayniqsa, Bibihonim masjidi gumbazining go‘zalligidan bahramand bo‘lish mumkin.

Bibikhanum mehmonxonasi O‘zbekiston an’anaviy me’morchiligi va bezak san’ati — haykaltaroshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligidan foydalanilgan bezaklari bilan har bir mehmonni o‘ziga jalb etadi. Unda 18 ta xona: 6 ta ikki kishilik alohida yotoqli, 8 ta juftlik va 4 ta uch kishilik xonalar bo‘lib, har biri barcha qulayliklarga ega.

Standart xona narxi 1 kishi uchun 722 ming so‘mdan boshlanadi.

Samarqand xalqaro aeroportidan 7 km, Samarqand vokzalidan 6 km uzoqlikda.

Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 11:30.

Manzil: Toshkent ko‘chasi, 10-uy.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−210−0811.


Gur Emir palace hotel

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Samarqandning tarixiy markazi, Go‘ri Amir maqbarasidan atigi 300 metr uzoqlikda joylashgan mazkur mehmonxona o‘zining dizayni bilan ajralib turadi. U o‘zbek madaniyatining an’analarini zamonaviy estetikaga moslab taqdim etadi, bu esa tarixiy va madaniy muhitni his qilish imkonini beradi.

Gur Emir palace’da jami 20 ta xona bo‘lib, ayrimlaridan shaharning go‘zal manzaralarini tomosha qilish mumkin. Ko‘plab sayohlar uning terrasasi uchun ham bu yerda qolishni afzal ko‘rishadi.

Standart xona narxi 1 kishi uchun 709 ming so‘mdan boshlanadi.

Samarqand xalqaro aeroportidan 7 km, Samarqand vokzalidan 6 km uzoqlikda.

Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 12:00.

Manzil: Shohruh Mirzo ko‘chasi, 126-uy.

Murojaat uchun telefon: (+998) 55−701−1001.

Eslatma: quyidagi narxlar tashrif buyuruvchilarning oqimi, xonalar turi, qulayliklar, qo‘shimcha xizmatlar va mavsumga qarab o‘zgarib turishi mumkin.


Material Turizm qoʻmitasi koʻmagida tayyorlandi.

Shohruh Haydarov
Muallif
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling