Qoraqalpog‘istonda Orol turizm haftaligi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 150
Qoraqalpog‘istonda Orol turizm haftaligi bo‘lib o‘tadi

17−19-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Mo‘ynoq shaharlarida Orol turizm haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Uning doirasida mintaqaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, ekologiya va madaniy merosni asrab-avaylash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Mehmonlar “10 ming qadam” jamoat loyihasi, “Daraxt ekish” aksiyasi va badminton bo‘yicha sport musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ishtirokchilarni “Orol balig‘idan 99 taom” gastronomik festivali, I.V. Savitskiy nomidagi muzey va tarixiy obidalarga ekskursiya kutmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling