Toshkent viloyatida yangi akvapark qurilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 161
Toshkent viloyatida yangi akvapark qurilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Qayilma mahallasida 20 gektar maydonda yangi akvapark barpo etish loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi .

Taʼkidlanishicha, hududda zamonaviy attraksionlar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, amfiteatr, yopiq basseyn, mehmonxona, sunʼiy toʻlqinli basseyn, favvora va avtoturargoh boʻladi, yangi akvapark yiliga 100 ming kishini qabul qila oladi. Loyihaning umumiy qiymati 30 000 000 dollarga baholanmoqda.

Obyektni 2026-yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling