“Yoshlar turizmi haftaligi” sanalari va uning doirasidagi chegirmalar e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 251
“Yoshlar turizmi haftaligi” sanalari va uning doirasidagi chegirmalar e'lon qilindi

2025-yil 20−30-mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan Turizm qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari o‘tkaziladi. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlari taklif etilmoqda.

Ushbu haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari (roʻyxat) hamda ovqatlanish shoxobchalari (roʻyxat) tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, “Vaqf” xayriya fondi tomonidan Oʻzbekistondagi 182 ta ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarda bepul sayohat qilish hamda muzey va ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50% gacha chegirmalar belgilangan.

“Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling