Namanganda III xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 122
Namanganda III xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tdi

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida 1−3 noyabr kunlari III xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida asalarichilik sohasidagi rivojlanish va Oʻzbekistonda asalni qayta ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, festivalda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan mehmonlar va mahalliy asalarichilar ishtirok etdi. 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchi o‘z mahsulotlarini taqdim etgan, ular orasida turli xildagi asal mahsulotlari bilan ishtirok etgan asalarichilarning ishlari alohida qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, tadbirning soʻnggi qismida 50 dan ortiq mahalliy va xorijiy asalarichiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy asalarichilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Unda 2025−2026 yillarda amalga oshiriladigan 8 million dollarlik eksport shartnomalari tuzildi.

Festival davomida konsert dasturlari, sport tadbirlari va asalarichilik sohasidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilgan. Namangan viloyatida o‘tkazilgan ushbu festival asalarichilik sohasini rivojlantirish va mahalliy tadbirkorlarning xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlagan.