Buxoro: tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan 8 ta joy

E’lon qilingan sana· 2 203
Buxoro: tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan 8 ta joy

Manzillar, ish vaqti va tashrif narxi 2024.

Avvalroq, Buxoroda aylanish mumkin boʻlgan mashhur 8 ta diqqatga sazovor joyni bir joyga toʻplagan edik. Endi esa, Buxoroning oʻzgacha atmosferasini his qilishga yordam beradigan yana 8 ta lokatsiya haqida suhbatlashamiz.


Tarixiy hammomlar

Buxoroning koʻpgina qadimiy hammomlaridan faqatgina ikkitasi saqlanib qolgan. Bular, Poyi Kalon yaqinidagi “Kunjak” ayollar hammomi va Toki Telpak Furushon yopiq bozoridagi “Bozori Kord” erkaklar hammomi (bu yerda ayollar ham qabul qilinadi, lekin maxsus soatlarda. Eng yaqin seansni bilib olish va avvaldan roʻyxatdan oʻtish mumkin). Hammomga odatda mahalliy aholi ertalab keladi, tushdan keyin sayyohlar qabul qilinadi.

Hammomga tushish narxi: 300 000 soʻm. Ushbu narxga issiq toshlarda sovunli massaj, ipak qo‘lqop bilan piling, asal, zanjabil va zarchovadan tayyorlangan tozalovchi niqob, so‘ngra yetti xil o‘tdan tayyorlangan limonli xushbo‘y choy kiritilgan.

Sayyohlar uchun ish vaqti: 15:00 dan 22:00 gacha.

“Kunjak” ayollar hammomi manzili.

“Bozori Kord” hammomi manzili.


Qoʻgʻirchoqlar ustaxonasi muzeyi

Buxorodagi muzeylar orasida Qoʻgʻirchoqlar ustaxonasi muzeyi alohida tassurot qoldiradi. Bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy aholi ham, sayyohlar ham muzeyning shinamligi va ishchilarning xushmuomila ekanini e’tirof etadi. Bundan tashqari, muzeyda qoʻgʻirchoqlarni sotib olish ham mumkin.

Kirish bepul.

Ish vaqti: 09:00 dan 20:00 gacha.

Manzil.


Bolo Hovuz

Buxorodagi eng goʻzal ibodatxonalardan biri bu qachonlardir shahar markazi hisoblangan va vayron boʻlgan Registon maydonidan saqlanib qolgan kichik Bolo Hovuz masjididir. Bino XVIII asrda amir Shohmurod buyrug‘i bilan qad rostlagan. Xalq mehrini qozonishni istagan amir buxorliklar qatori juma namozida ishtirok etgan.

Bolo Hovuzga kiraverishda 20 ta oʻyilgan ustun va boʻyalgan shift hamda tarzda bezatilgan ayvonga koʻz tushadi. Masjidning oldida katta hovuz boʻlib, qadimgi davrlarda Oʻrta Osiyo shaharlari aholisi undan ichimlik suvi yigʻilgan. Ayvon ustunlari hovuzning yuzasida aks etadi va shuning uchun majmua “Qirq ustunli masjid” deb nomlangan. Bolo Hovuz hozirda faoliyat olib borayotgan masjid boʻlib, bu yerda juma kunlari namoz oʻqiladi. Kechqurun ayvonning ustunlari chiroyli tarzda yoritiladi.

Kirish bepul.

Ish vaqti: 8:30 dan 18:00 gacha, sayyohlar faqat namoz vaqtida kirishi mumkin.

Manzil.


Gumbaz ostidagi savdo markazlari

Buxoro nafaqat madrasalarning koʻpligi, balki karvonsaroylari bilan ham mashhur boʻlgan. Savdo eng qizg‘in bo‘lgan chorrahalar quyosh va yomg‘irdan himoyalanish uchun gumbazlar bilan qoplangan — Buyuk Ipak yo‘lidagi boshqa hech bir shaharda bunday xizmat ko‘rsatilmagan. Oʻrta asrlarda qurilgan ushbu savdo markazlari hozirda ham oʻz maqsadini oʻzgartirmagan.

Bu savdo markazlari bo‘ylab sayr qilish orqali shunchaki xarid qilish bilan shugʻullanish emas, balki madaniy tajriba orttirish ham mumkin. Do‘ppilar, ipak gilamlar, so‘zanalar, naqshinkor idishlar, kumush taqinchoqlar va mo‘ynali qalpoqlarni soatlab tomosha qilish mumkin. Toqi Sarrafon, Toqi Telpakfurushon, Toqi Zargaron gumbazlari hozirgacha saqlanib qolgan eng yaxshilaridan hisoblanadi.

Ishlash vaqti: 24 soat.

Manzillar:


Mirzo Ulugʻbek bogʻi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi istirohat bogʻi shahar chekkasida joylashgan. Bog' yaxshi koʻrinishda boʻlib, koʻplab oʻrindiqlar, axlat qutilari va chiroqlar bilan ta’minlangan. Bogʻ hududida Buxoro viloyat musiqali drama teatri, Amfiteatr va Ikkinchi jahon urushi yodgorligi joylashgan.

Kirish bepul.

Ish vaqti: 24 soat.

Manzil.


“Minor” savdo markazi

Buxoro nafaqat oʻz tarixiy obidalari bilan, balki zamonaviy inshootlari bilan ham maqtana oladi. Masalan, siz tarixdan zamonaviy dunyoga qaytmoqchi boʻlsangiz “Minor” savdo markazi ayni muddao boʻladi. Bu yerning birinchi qavatida Mega Market, ikkinchi qavatida “Rozmarin” kafesi, uchinchi qavatida esa bolalar maydoni joylashgan. Bundan tashqari, savdo markazida fudkort va 3D kinoteatr ham mavjud.

Ish vaqti: 08:00 dan 23:00 gacha.

Manzil.


“Buxoro” savdo majmuasi

“Buxoro” savdo markazi shahardagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Bu yerda katta fudkort, “Ark Cinema” kinoteatri va bolalar maydonchasidan tashqari brend doʻkonlar va yopiq bozorni ham topish mumkin.

Ish vaqti: 10:00 dan 00:00 gacha.

Manzil.


Buxoro tasviriy san’at muzeyi

Buxoro tasviriy san’at muzeyi 1982-yilda Oʻzbekiston SSR markaziy komiteti birinchi kotibi Sharof Rashidov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey ikki qavatli binoda joylashgan boʻlib, bu yer XX asrning boshlarida doʻkon sifatida faoliyat yuritgan.

Bu yerda o‘zbek va rus rassomlarining qiziqarli asarlari to‘plami o‘rin olgan bo‘lib, o‘tgan asrlarda Buxoro qanday ko‘rinishda boʻlgani bo‘lgani haqida aniq tasavvur hosil qilish, qadimiy qo‘lyozmalar va qadimiy buxorolik zargarlarning buyumlarini ko‘rish mumkin.

Kirish bepul.

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.

Manzil.

Material Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi koʻmagida tayyorlandi.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov