Foto: Xorazmdagi "Ulli hovli" qal'asiga sayohat
Devor bilan o‘ralgan qalʼa o‘tmishga nazar tashlab, ikki xalq madaniyatini o‘rganishni istagan har bir kishi uchun ayni muddao. Bu yerda deyarli har kuni o‘zbek va turkman madaniyatiga oid qo‘shiq va raqslar, konsertlar o‘tkaziladi. Mehmonxona xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan.
17-asrda ikki xalq — o‘zbeklar va turkmanlar tomonidan qurilgan tarixiy “Ulli Hovli” Xorazmning eng mashhur joylaridan biriga aylangan.
“Ulli” soʻzi Xorazm shevasida “katta” degan ma’noni anglatadi. Turkmanlar bu yerga ikkita maqsadda koʻchib kelgan.
Birinchisi — asosan suvsizlikdan qiynalgan oddiy aholi boʻlsa, ikkinchisi — oʻsha davrda bosmachi, qaroqchi boʻlganlarning hujumidan qiynalgan turkman aholisi tinch joy izlab mana shu joyga kelgan.
“Ulli hovli” Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan.
Dastlab Xiva xoni tomonidan Xiva va Urganch o‘rtasida yashab bu hududdan o‘tgan savdo karvonlarini dushman bosqinlaridan himoya qilgan jasur turkmanlar uchun harbiy shaharcha sifatida qurdirgan.
Hozirda devor bilan o‘ralgan qalʼa o‘tmishga nazar tashlab, ikki xalq madaniyatini o‘rganishni istagan har bir kishi uchun doim ochiqdir.
Bu yerda deyarli har kuni o‘zbek va turkman madaniyatiga oid qo‘shiq va raqslar, konsertlar o‘tkaziladi.
Qalʼada tuyalar va otlarni minib, hunarmandchilik ustaxonalari va galereyalarni aylanish, turkman o‘tovlarida ovqatlanish mumkin.
Ichki va tashqi devorlar paxsadan qilingan. Qurilish materiallari uchun mahalliy xom-ashyolardan, soz tuproq va yoʻgʻochlardan foydalanilgan.
Hovli trapetsiya shakliga yaqin shaklda bunyod etilgan.
Hozirda bu yerda hunarmandchilik maskani, restoran, 15 oʻrinli mehmonxona, muzey, kinozal, fotogalareya, nortuyalar boqiladigan maxsus joylar tashkil etilgan.
“Ulli hovli” majmuasiga kirish narxi:
- Oʻzbekiston fuqarolariga — 20 000 soʻm;
- xorijliklarga — 50 000 soʻm.
Mehmonxona narxlari (Oʻzbekiston fuqarolariga):
- “Standart” — 150 000 soʻm (bir kechaga);
- “Lyuks” — 300 000 soʻm (bir kechaga).
Xorijliklarga:
- $30 (378 631 soʻm)dan boshlanadi.
Qoʻshimcha ma’lumot va bron qilish uchun: (+998) 97−601−7370, (+998) 97−601−7370.
Press tur Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.