Samarqand ta'mi: Shahardagi 8 ta kafe va restoran (2-qism)
Samarqand faqat arxitektura jihatidan emas, gastronomik nuqtai nazardan ham turistlarni jalb qila oladi. Sayohatga otlanganda ham, “Qayerda ovqatlanish mumkin?” eng asosiy savollardan biri aylanadi.
Afisha.uz Samarqandda joylashgan 8 ta restoran va kafelar haqida ma’lumotlarni keltiradi.
Boulevard
Yengil hazm qilinadigan Yevropa oshxonasi taomlari va desertlari taqdim etiladi. Estetika, minimalizm, yoqimli interyer — Instagram uchun kontent qilmoqchi boʻlsangiz ham ayni muddao. Kofe ham alohida tahsinga sazovor.
Manzil: Universitet xiyoboni, 1-uy.
Joy bron qilish uchun: (+998) 93−341−0101.
Cafe Merci
Yevropa va Yaponiya oshxonasi taomlari taqdim etiladi. Pasta va kofening juda katta assortimenti bor.
Manzil: Orzu Mahmudov koʻchasi, 14.
Joy bron qilish uchun: (+998) 95−508−0002, (+998) 98−333−4040.
Giotto GOURMET
Italiya oshxonasi taomlari, desertlar va muzqaymoq taqdim etiladi. Vafli va shokoladli kombosi juda mashhur.
Manzillar:
- Dahbet koʻchasi 2G
(+998) 99−502−9495; - Abdurahmon Jomiy 53
+998 996709999; - “Family Park” savdo markazi;
+998 994579495; - Samarqand xalqaro aeroporti;
+998 973980909.
Karimbek Restaurant
Milliy va Yevropa taomlari restorani. Mazkur joy interyeri haqiqiy Samarqand atmosferasiga chorlaydi. Goʻshtli taomlar, kaboblar eng noyob usullarda tortiq etiladi.
Manzil: Gagarin 194.
Joy bron qilish uchun: (+998) 66−237−7739, (+998) 90−284−3030.
Magistr Cafe
Yevropa va Osiyo oshxonasi taomlari taqdim etiladi. Nonushta va tushlik uchun setlar mavjud. Talabalarga chegirmalar amal qiladi. Yaponcha rolldan tortib, mazali chizkeyklargacha barchasi bor. Mazkur kafe pitseriya sifatida ham faoliyat yuritadi.
Oʻrtacha chek — 20 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Boʻstonsaroy 30.
Joy bron qilish uchun: (+998) 90−250−1551.
Oasis Garden
Premium toifadagi oilaviy restoran. Yevropa oshxonasi taomlari taqdim etiladi. Goʻshtli taomlarning katta tanlovi va katta bar qismi mavjud.
Oʻrtacha chek — 75 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Abdurahmon Jomiy, 59A.
Joy bron qilish uchun: (+998) 97−926−2229.
Shashlik.uz
Nomidan ham ma’lum, kaboblarning turli xillarini topish mumkin boʻlgan restoran. Filiallari Samarqandning deyarli har bir qismida bor. Bepul yetkazib berish xizmati ham amal qiladi.
Manzillar:
- Firdavsiy koʻchasi, 84
(+998) 98−160−9007; - Ogahiy koʻchasi
(+998) 66−232−0000; - Narpay koʻchasi, 77
(+998) 93−810−0111; - Orzu Maxmudova 20
(+998) 93−277−0111; - Qarshi krug (Ecobozor)
(+998) 97−394−0111; - Badal qishlogʻi
(+998) 93 — 722−0822; - Vohid Abdullayev koʻchasi
(+998) 95−509−9999; - Ibn Sino koʻchasi 2.2
(+998) 94−244−4466; - Urgut, Yuqori bozor
(+998) 94−065−1111; - Dahbet koʻchasi
(+998) 95−280−0030.
“Новый Арбат”
Yevropa va Panosiyo taomlari kafesi. Ya’ni siz shoʻrvalarda tortib sushi-rollgacha barcha turdagi taomlarni topishingiz mumkin. Musiqiy dasturlar, raqs shoulari ushbu joyda turli tadbirlar oʻtkazish imkonini beradi.
Oʻrtacha chek — 50 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 142a.
Joy bron qilish uchun: (+998) 91−550−8111, (+998) 90−250−7667.
Material Turizm qoʻmitasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.