O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi

E’lon qilingan sana· 974
O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 121 mamlakatni o‘z ichiga olgan Safety Perception Index 2023 — dunyoning eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani aytilgan.

Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy oldi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 14-, Tojikiston 17-, Qirg‘iziston 26-o‘ringa joylashtirilgan. Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Serra-Leone va Mali davlatlari egallagan.

“Safety Perception Index” beshta faktorga e’tibor qaratadi: oziq-ovqat va suv, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog‘lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ