"Samarqand ta'mi": shahardagi 7 kafe va restoran (1-qism)
Samarqand faqat arxitektura jihatidan emas, gastronomik nuqtai nazardan ham turistlarni jalb qila oladi. Sayohatga otlanganda ham, “Qayerda ovqatlanish mumkin?” eng asosiy savollardan biri aylanadi.
Afisha.uz Samarqandda joylashgan 7 ta restoran va kafelar haqida ma’lumotlarni keltiradi.
Bellis Premium Restaurant
Yevropa va Pan-Osiyo oshxonasi. Har xil turdagi steyklar va boshqa goʻshtli taomlar, salatlarlarning katta tanlovi mavjud. Maxsus retseptlar asosida tayyorlangan desert va ichimliklarni ham topish mumkin.
Oʻrtacha chek — 80 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Oʻzbekiston koʻchasi 86.
Joy bron qilish uchun: (+998) 95−412−2020.
Fresco
Olilaviy kafe, noodatiy pitsasi bilan mashhur. Kruassan, ponchik, chizkeyk kabi desertlar taklif etiladi. Bundan tashqari, Pan-Osiyo taomlarini ham topsa boʻladi.
Oʻrtacha chek — 15 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Beruniy koʻchasi, 144.
Joy bron qilish uchun: (+998) 90−224−5555, (+998) 90−284−5555.
La Esmeralda
Nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun maxsus setlar mavjud. Salat, shoʻrvalar, pasta, desertlar — menyu har qanday insonga manzur keladi. Tashrif buyuruvchilar orasida ushbu restoranning kofesini maqtaydiganlar koʻp.
Manzil: Orzu Maxmudov 13.
Joy bron qilish uchun: (+998) 33−235−0020.
Manresa
Yevropa va mualliflik taomlari taqdim etiladi. Jonli musiqa, katta raqs maydoni va bar ham bor. Katta marosim va bayramlarga ham mos keladi.
Oʻrtacha chek — 100 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Nodirabegim 56.
Joy bron qilish uchun: (+998) 66−221−0090, (+998) 90−212−0090.
Platan
Haqiqiy katta gastronomik olam. Yevropa oshxonasining eng noyob taomlari taklif etiladi, goʻshtli, baliqli yoki vegeterian ovqatlarni xush koʻruvchilar uchun ayni muddao. Premium toifasidagi taom va desertlar xorijiy turistlar tomonidan yuqori baholanadi.
Oʻrtacha chek — 80 000 soʻm.
Joy bron qilish uchun:(+998) 66−233−8049.
Shampoor
Kaboblar va steyklarning katta tanlovi. Goʻshtli taomlarni yoqtiradiganlar uchun yaxshi joy. Baliqli kaboblarni ham topsa boʻladi. Ularni tashrif buyuruvchilarning oʻzi ham restoran ichida maxsus moslama orqali pishira oladi.
Manzil: Amir Temur koʻchasi, 68-uy.
Joy bron qilish uchun: (+998) 97−408−4422.
Uzum Choyxona
Oʻzbek milliy taomlari restorani. Samarqand oshini tatib koʻrishni istaydiganlar uchun ham ayni muddao. Olilaviy hordiq uchun bolalar maydonchasi ham bor.
Oʻrtacha chek — 30 000 soʻmdan boshlanadi.
Manzil: Namozgoh koʻchasi, 58.
Joy bron qilish uchun: (+998) 95−500−1100.
Material Turizm qoʻmitasi hamkorligida tayyorlandi.