“O‘zbek Otellosi”ning rafiqasi, sahna ortidagi hayot, arxiv hujjatlar: Sora Eshonto‘raevaga bag‘ishlangan ko‘rgazma

E’lon qilingan sana· 1 221
“O‘zbek Otellosi”ning rafiqasi, sahna ortidagi hayot, arxiv hujjatlar: Sora Eshonto‘raevaga bag‘ishlangan ko‘rgazma

2024-yil mart oyidan boshlab Samarqand vokzaliga yaqin joylashgan Ipak yo‘li universiteti Art Station galereyasida “Samarqand — milliy drama teatri beshigi” ko‘rgazmasi ochildi.

Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida Afisha.uz muxbiri ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

Ko‘rgazma 20-asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda drama san’atiga asos solgan taniqli o‘zbek aktrisasi Sora Eshonto‘raeva va boshqa ilg‘or aktyorlar haqida hikoya qiladi.

Fotosuratlar koʻrgazmasi kino tanqidchisi Oleg Karpovning kadrlari bilan toʻldirilgan va Ipak yoʻli turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan tashkil etilgan.

Ekspozitsiya 1924-yildan 1937-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Unga teatr jamoasining sahna ortidagi hayotini aks ettiruvchi fotosuratlarning qayta nashrlari, Sora Eshonto‘raeva va Abror Hidoyatovlarga tegishli arxiv hujjatlari va shaxsiy buyumlari, jumladan, liboslar, rekvizitlar va bezaklar kirgan.

Sora Eshonto‘raeva 1911-yil 26-oktabrda Beshbuloq qishlog‘ida (hozirgi O‘zbekistonning Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani) tug‘ilgan.

Erta bolaligida, otasi vafotidan soʻng, onasi Sorani, boshqa ikki farzand kabi, boshqa odamlarning oilalariga berishga majbur boʻldi. 11 yoshidan Toshkent shahridagi Zebuniso nomidagi qizlar maktab-internatida tarbiyalangan, havaskorlar jamoasida, so‘ngra viloyat namunali drama truppasining ommaviy spektakllarida qatnashgan.

1927-yilda O‘zbek maorif uyi qoshidagi O‘zbek davlat drama studiyasini tamomlagan. Bu studiya bitiruvchilari Hamza nomidagi O‘zbek drama teatrining asosini tashkil etdilar.

Abror Hidoyatov — taniqli o‘zbek aktyori, Sara Eshonto‘rayevaning turmush o‘rtog‘i. U ham qiz bilan birga teatr san’atini o‘rgandi. Uni xalq orasida “o‘zbek Otellosi” deb ham atashgan, chunki u teatrda bu rolni birinchilardan bo‘lib o‘ynagan.

Aytishlaricha, u “Otello"ni 300 dan ortiq yoki hatto 500 marta o‘ynagan. U bu rolni juda yaxshi ko‘rardi, Sora Eshonto‘rayevaning eslashicha, u oʻyin paytida shunchalik berilib ketib, Soraga zarar yetkazishi ham mumkin edi (xuddi Dezdemonaga singari).

Sora Eshonto‘rayeva “Malika Turandot,” “Ikki xo‘jayinning xizmatkori, “Tursun"Hujum,” “Ikki kommunist,” “Portfelli odam,” “Qo‘y bulog‘i,""Yoqaylik,” “Hamlet” va boshqa ko‘plab asarlari postanovkasida rollarni ijro etgan. Kinofilmlarda suratga tushgan. Noyob tashqi koʻrinishi grim yordamida mutlaqo turli xil personajlarga aylanish imkonini berardi.

Oʻzbekiston teatr jamiyati boshqaruvi raisi ham boʻlgan. O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi a’zosi, deputat edi. Sovet tinchlik qoʻmitasi a’zosi. Respublika tinchlik jamg‘armasi boshqaruvi raisi bo‘lgan. SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi fan va sanʼat sohasidagi Lenin mukofotlari qoʻmitasi aʼzosi.

Ba’zi fotosuratlarda, orqa tomonida “fotolaboratoriya” degan yozuv bor. Ma’lumotlarga koʻra, qatagʻon davri boʻlgani uchun, ba’zi odamlarni suratdan olib tashlashgan yoki xiralashtirishgan.

Abror Hidoyatov choʻponi va dutori.

Suratda markazda — Ibrohim Agdarov (o‘ngda). U aktyor emasdi, teatr san’atiga hech qanday aloqasi yo‘q edi. U badavlat savdogarning o‘g‘li bo‘lib, juda o‘qimishli, bilimli odam edi, shuning uchun Sora unga bir ko‘rishdayoq koʻngil qoʻygandi.

Turmush qurish masalasiga kelganda, oshiqlarga siyosiy sabablarga ko‘ra muloqot qilish man etildi.

Fotosuratlardagi bezaklar teatrda ham, kinoda ham ishlatilgan. Masalan, Tumor “Boy va kambagʻal” filmida ishlatilgan. Ushbu tumor Eron shohi haramidan o‘g‘irlab ketilgan Ibrohim Agdarovning onasiga tegishli degan taxmin bor. Ibrohim Soraga bo‘lgan cheksiz muhabbati ramzi sifatida bu taqinchoqlarni unga sovg‘a qilgan.

Ko‘rgazma Eshonto‘raeva tomonidan ko‘p yillar davomida to‘plangan va Nodira Hidoyatova (uning nabirasi) tomonidan taqdim etilgan arxiv tufayli amalga oshirildi.


Ko‘rgazma 14-iyulga qadar davom etadi. Kirish bepul.

Nozima Xoshimova
Muallif
Nozima Xoshimova