Anons
"Perro ertaklari" baleti
E’lon qilingan sana: · 163

Xalqaro balet festivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda “Perro Ertaklari” baleti namoyish etiladi.
Bu Maksim Petrov, Konstantin Xlebnikov va Aleksandr Merkushevlarning jamoaviy spektaklidagi “Perro ertaklari” baleti hisoblanadi.
Mualliflar Sharl Perroning toʻrtta ertakiga asoslangan. Muqaddima va epilog bilan birgalikda ular toʻliq spektaklni tashkil qiladi — ertaklar mehribonlik va shafqatsizlik, sohibjamollar va maxluqlarning koʻrinishi aldamchi boʻlishi mumkinligi, hamma odamlar bir-biridan farq qilishi haqidadir.
Chiptalar narxi: 100 000 soʻmdan 800 000 soʻmgacha.
Chiptalarni sotib oling.
Ma’lumot telefon raqami: (+998) 71−233−9081.
- 12 aprel, 19:00Alisher Navoiy nomidagi DAKTToshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
- 13 aprel, 19:00Alisher Navoiy nomidagi DAKTToshkent, Zarafshon ko‘ch., 28