Ikki davrning uyg‘unlashuvi, barokko musiqasi va maqom, xor, balet hamda hayratlanarli dekoratsiyalar - Toshkentda "Tamerlano"ning jahon premyerasi boʻlib oʻtdi
Metall, monoxrom, yorug‘lik va soyalar o‘yini, zaldagi hayratomuz jimjitlik va finalda olqishlar.
2 va 3 oktyabr kunlari IV Jahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida “Tamerlano” operasining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu asar Georg Fridrix Gendelning durdonasiga asoslangan bo‘lib, rejissyor Stefano Poda talqinida va kompozitor Kirill Rixterning zamonaviy aranjirovkasida taqdim etildi. Aranjirovkada o‘zbek milliy cholg‘u asboblaridan foydalanilgan.
Sahnaning o‘rtasidagi noma’lum qomatli metall qafas birinchi lahzadan e’tiborni tortadi… bir lahzaga nigoh hikoyachi Bibi Xonimga tushadi. Aynan u bu voqeaga yo‘lboshchi bo‘ladi. Dekoratsiyalar ham hayratda qoldiradi — o‘zbek operasi doirasida mumtoz asarga yangicha qarashni yaratish mumkinligini tasavvur qilish qiyin.
Tomoshabinlarni ehtirosli sevgi qissasi, qasos istagi, siyosiy fitnalar, olijanoblik hamda hatto otlardagi janglarni o‘z ichiga olgan yorqin libosli tomosha kutmoqda. Otlar haqiqiy emas, albatta, ammo barokko uslubidagi ko‘ylaklar, zalga yuzlab nurlar bilan aks etdi.
Sahnalashtirishning o‘zida 160 dan ortiq san’atkor ishtirok etadi va u kutilmagan syurprizlarga boy. Bu yerda italyan tilida ijro etiladigan an’anaviy ariyalardan tashqari, karnay va surnay sadolari yangraydi, xor mashhur “Yor-yor” qo‘shig‘ini kuylaydi, zal markazidan esa maqomning jonli ijrosi eshitiladi. Asarda ilk bor Gendelning barokko musiqasi va o‘zbek maqomi uyg‘unlashtirilgan — bu kompozitor va pianist Kirill Rixterning xizmatidir. Amir Temur davri ruhini asl holatida aks ettirish uchun o‘sha zamonning milliy musiqa asboblaridan foydalanilgan.
Operaning musiqiy jo‘rligini O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Alibek Kabdurahmonov rahbarligida ijro etdi.
Sahnalashtirish, liboslar, yoritish va raqs san’atini italiyalik noyob rejissyor Stefano Poda amalga oshirdi. U yuzdan ortiq asarni sahnalashtirgan bo‘lib, ularning ayrimlari butun dunyo kinoteatrlarida katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan.
“Tamerlano” dramaturgiyasi ustida Stefano bilan hamkorlikda Paolo Jani Chei ishlagan bo‘lib, u o‘zining kuchli va hissiyotlarga boy sahna asarlari bilan tanilgan. U 2008-yildan buyon Poda bilan rejissyor yordamchisi, sahna bezakchisi, kiyim-kechak va yoritish bo‘yicha rassom sifatida hamkorlik qilib kelmoqda.
Balet truppasi, sozandalar, xor jamoasi, Malika Saroymulkxonim (Bibi Xonim)ga, Xuan Sancho (Boyazid)ga, Veronika Kanxemi (Asteriya)ga, Jenisbek Piyozov (Temur)ga, Alibek Qo‘bduraxmonovga, Kirill Rixterga, Stefano Podaga, Paolo Jani Chei olqishlar sadosi ostida sahnadan kuzatildi.