275 dollarga kuchli smartfon: Redmi Turbo 4 Pro taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasi katta sig‘imli akkumulyatorga ega arzon quvvatli smartfon — Redmi Turbo 4 Pro‘ni taqdim etdi. U iPhone 16 uslubidagi kamera bloki dizayni bilan chiqarilgan. Shuningdek, smartfonning “Garri Potter” uslubidagi maxsus dizaynli versiyasi ham bor.
Yon ramka aviatsion alyuminiy qotishmasidan, orqa panel esa shishadan yasalgan. Korpusning qalinligi — 7,98 mm. Korpus suv va changdan IP66/68/69 bilan himoyalangan.
Yangi OLED-ekran diagonali 6,83 dyuym, 1,5K, chastotasi 120 Gs va yorqinligi 3 200 nitgacha. Orqa panelda ikkita kamera mavjud: 50 MP asosiy (Sony LYT-600 sensori) va 8 MP ultra keng burchakli kamera. Frontal kamera esa 20 MP.
Smartfonda Snapdragon 8s Gen4 chipi va 7 550 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 90 Vt tez zaryadlash va 22,5 Vt simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, IQ porti, NFC chipi, stereodinamika mavjud.
Smartfon uch xil — oq, qora va yalpiz rangda chiqariladi; narxi 1 999 yuandan (275 dollar yoki 3 544 000 so‘m) boshlanadi. SShuningdek, smartfonning “Garri Potter” uslubidagi maxsus dizaynli variant ham bor, bu16/512 GB to‘plam 2 799 yuanda (385 dollar yoki 4 962 000 so‘m) sotuvga chiqariladi.