Instagram oʻzining Edits ilovasini ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 33
Instagram oʻzining Edits ilovasini ishga tushirdi

Instagram Edits video muharririni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “Spot” The Verge nashriga tayanib.

Ta’kidlanishicha, video muharrir ilovasida foydalanuvchilar katalogdan musiqa tanlashlari, video yoki tasvirga effektlar qo‘shishlari, filtrlarni qo‘llashlari, subtitrlar yoki matnlar kiritishlari, obyektni kesib olishlari va boshqa funksiyalardan foydalanishlari mumkin.

Videolarni qurilmaga HD, 2K yoki 4K formatida saqlash va Instagram yoki Facebook’da ulashish mumkin. Bunda video ilovaning maxsus belgisisiz eksport qilinadi.

Hozircha undan foydalanish bepul, ammo kelajakda unga pulli funksiyalar qoʻshiladi.

Qayd etilishicha, bu ilova yanvar oyida taqdim etilgan, ammo endi oxiriga yetkazilgan. Ilovani Play Market yoki AppStore orqali yuklab olish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling