BYD yangi sportkar taqdim etdi
E’lon qilingan sana: · 43

Xitoyning BYD mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyasi elektromobil sotuvida uzoq davom etgan Tesla gegemonligini ortda qoldirdi, endi u hashamatli sportkarlar bozoriga kirib kelmoqda, deya yozmoqda CNN nashri.
Kompaniyaning yuqori toifadagi Denza brendi yaqinda o‘zining “Z” nomli yorqin ko‘k rangdagi yangi modelini taqdim etdi. Bu avtomobil kompaniyaning Porsche va Mercedes-Benz kabi yirik brendlar bilan raqobatlasha olishga tayyor ekanini ko‘rsatadi.
BYD bu mashinani Xitoyning eng yirik avtomobil ko‘rgazmasi — Auto Shanghai’da namoyish qildi. Kompaniya bu model “texnologiya va hashamatda maksimal darajaga ega” ekanini qayd etdi.
Denza Z aprel oyida Yevropada sotuvga chiqadi. Hozircha uning narxi boʻyicha ma’lumot yoʻq.