Telegram'da paypoq ko‘rinishidagi sovg‘alar paydo bo‘ldi
E’lon qilingan sana: · 258

Telegram’da boshqa foydalanuvchilarga yuborish mumkin bo‘lgan paypoq ko‘rinishidagi sovg‘alar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, hadyalar soni cheklangan. Xabar yozilayotgan vaqtda 218,5 ming dona paypoq sotilgan, yana 31,4 ming dona paypoq qolgan. Ular 100 yulduz narxida (taxminan 25 000 soʻmdan oshiqroq) sotilmoqda.
Oldinroq Telegram oʻzining videopleyrini yangilagani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, ilovaga SI asosida stiker qidiruvi va mini-ilovalarda hamkorlik dasturini qoʻshgani ma’lum boʻlgan.