Apple yangi SE oʻrniga iPhone 16e'ni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 276
Apple yangi SE oʻrniga iPhone 16e'ni taqdim etdi

Apple yangi “bazaviy” smartfon — iPhone 16e'ni taqdim etdi. U iPhone SE modeli oʻrniga chiqarildi.

Smartfon iPhone 14 bilan bir xil o‘lcham va uslubda chiqarilgan: u 60 Gts chastotali 6,1 dyuymli OLED ekran, Apple Intelligence qo‘llab-quvvatlovchi iPhone 16 chipi va faqat bitta asosiy kameraga ega, shuningdek, “qoshi"ga Face ID tizimi oʻrnatilgan.

iPhone 16e'da Lightning porti USB-C'ga, ovoz balandligi tugmasi esa Action tugmasiga almashtirilgan. Telefon ikkita kameraga ega: old kamera 12 MP (f/1.9) va asosiy kamera 48 MP (26 mm, f/1.6). Unda faqatgina 2 karra optik zum qilish imkoniyati bor.

Yangi smartfon iPhone 16 chipi — Apple A18 va 8 Gb tezkor xotira, shuningdek, 128, 256 yoki 512 Gb qoʻshimcha xotiraga ega boʻldi. Batareyaning ishlash muddati “iPhone 15 darajasida” — 26 soatgacha video koʻrish mumkin. Yangi mahsulot kompaniyaning birinchi xususiy aloqa modemi — Apple C1'ga ega.

“Apple Silicon’ning afzalliklarini kengaytirganda, C1 Apple tomonidan ishlab chiqilgan birinchi modem va iPhone’dagi eng quvvat tejamkor modem bo‘lib, tez, ishonchli 5G uyali aloqani ta’minlaydi. “Apple Silicon, jumladan C1, butunlay yangi ichki dizayn va iOS 18 ning ilgʻor quvvat boshqaruvi ajoyib batareya quvvatiga hissa qoʻshadi”, — deb yozadi kompaniya yangi modem haqida.

28-fevraldan boshlab xaridorlar ikkita rangdan birini sotib olishi mumkin bo‘ladi: qora va oq.

Apple’ga koʻra, iPhone 16e va sotuvdagi modellarning AQShdagi rasmiy narxlari quyidagicha:

  • iPhone 16e — $599 (7 760 000 soʻm) dan boshlab;
  • iPhone 15 va 15 Plus — $699 (9 055 000 soʻm) dan boshlab;
  • iPhone 16 va 16 Plus — $799 (10 350 000 soʻm) dan boshlab;
  • iPhone 16 Pro va 16 Pro Max — $999 (12 942 000 soʻm) dan boshlab.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling