Telegram videopleyrini yangiladi

Telegram messenjeri yangilandi. Ushbu yangilanishdan soʻng SI yordamida millionlab stikerlarni qidirish, videolar uchun joriy vaqtdagi havolalarni nusxalash, videolar uchun muqova rasmlarini belgilash, kanal nomidan Yulduzlar bilan reaksiya bildirish, oʻxshash botlar bilan tanishish va boshqa imkoniyatlar qoʻshildi.
Millionlab stikerlar uchun SI asosida qidiruv
Oldinroq messenjerning rasmiy toʻplamlaridan 40 000 dan ortiq stikerlar va emojilar uchun SI asosida qidiruv imkoniyat qoʻshilgandi. Bu yangilanish bilan SI modeli endi Telegram foydalanuvchilari tomonidan yuklangan millionlab maxsus stikerlar va emojilar natijalarini oʻz ichiga oladi. Oʻylayotgan maymun yoki fazoviy it kabi murakkab kalit soʻzlarni qidirish orqali yangi stikerlar tavsiyasini olish mumkin. Bu funksiya 29 tilda, jumladan, ingliz, ispan, arab va oʻzbek tillarida qidiruvni qoʻllab-quvvatlaydi.
Videoning joriy vaqtidagi havolasini nusxalash
2019-yildan buyon video xabarlarga qoʻshilgan izohlar va javoblar 1:38 kabi vaqt belgilarini qoʻllab-quvvatlab keladi, bu esa kulgili lahzalarni ajratib koʻrsatish yoki tomoshabinlarni maʼlum boʻlimlarga yoʻnaltirish imkonini beradi.
Telegramdagi chatlarda yoki boshqa platformalarda video havolasini ulashayotganda endi havolaga joriy vaqt belgisini qoʻshish mumkin. Kimdir havolani bosganida video Telegram’da oʻsha aniq lahzada ochiladi.
Video havolasini ulashish uchun video pleyerda ulashish strelkasini bosish zarur. Bu sizga havolaga joriy vaqtni qoʻshish imkoniyatini avtomatik ravishda beradi.
Kanallarda video muqovalari
Hikoyaga qoʻshadigan videolar kabi, endi kanallarda joylagan videolar uchun muqova rasmi sifatida foydalanish uchun kadr tanlash mumkin. Qiziqarli eskizlar yaratish uchun muqovani tanlashdan oldin video muharriri yordamida matn, stiker, emoji va boshqalarni qoʻshish zarur.
Video muqovasini tanlash uchun video muharririning yuqori burchagidagi uch nuqta belgisini bosing va “Muqovani tahrirlash” bandini tanlang.
Videolarni qolgan joyidan boshlab davom ettirish
Endi video tomosha qilayotganingizda pleyer toʻxtagan joyingizni eslab qoladi.
Telegram’dagi barcha videolar tasvir ustida tasvir rejimida ijroni qoʻllab-quvvatlaydi, shuning uchun xabarlarga javob berayotganingizda va boshqa chatlarni koʻrib chiqayotganingizda tomosha qilishda davom etishingiz mumkin.
Kanal nomidan Yulduzlar bilan reaksiya
Foydalanuvchilar kontent mualliflarini kanal postlariga Yulduz reaksiyasini yuborish orqali Yulduzlar bilan qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Maxfiylikni oshirish va kontent mualliflariga reytingda kanallarini targʻib qilish imkonini berish uchun foydalanuvchilar endi oʻz kanallaridan biri nomidan Yulduzlar bilan reaksiya bildirishi mumkin.
Yulduz reaksiyalari uchun har doim anonim rejim bor— foydalanuvchi yetakchilar reytingida chiqmasligi uchun reaksiyalarni yuborishdan oldin oʻz ismini berkitishi mumkin.
Oʻxshash botlar
Endi kanallarda boʻlgani kabi, bot profillarida endi oʻxshash botlar roʻyxatini koʻrish mumkin — bu boshqa mashhur xizmatlar, vositalar va oʻyinlarni topishga yordam beradi.