payme 2024-yil yakunlari: shaxsiy natijalarni qayerda ko‘rish mumkin

E’lon qilingan sana· 379
payme 2024-yil yakunlari: shaxsiy natijalarni qayerda ko‘rish mumkin

payme 2024-yil yakunlarini sarhisob qildi va asosiy moliyaviy amallar, jumladan, o‘tkazmalar, toifalar bo‘yicha xarajatlar, xizmatlar uchun to‘lovlar va xayriya ishlarida ishtirok etishni aks ettiruvchi shaxsiy statistik ma’lumotlarni to‘pladi.

payme ilovasida 2024-yil uchun shaxsiy natijalar mavjud. Har bir foydalanuvchi pul o‘tkazmalari kimdan kelganligi va kimga jo‘natilganligi, qancha otkritka biriktirilganligi, “Shak-Shak” o‘yinlari boʻlib oʻtgani, xayriya mablag‘lari o‘tkazilganligi, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar to‘langanligi va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni bilib olishi mumkin.

Yil yakunlarini qayerdan topish mumkin — yakunlarni ilovaning bosh ekranidagi banner orqali topish mumkin. Ularni ko‘rish uchun ilovaning oxirgi versiyasi talab qilinadi. Yilning shaxsiy payme natijalari — bu ilovadagi harakatlar statistikasiga ega kartochkalar. Ularda quyidagi ma’lumotlar jamlangan:

  • payme’ga tashriflar soni;
  • amalga oshirilgan va olingan pul o‘tkazmalari soni;
  • qancha otkritka pul o‘tkazmalari bilan birga jo‘natilgan;
  • xarajatlarning top-toifalari: kommunal xizmatlar, mobil aloqa, restoranlardagi hisoblar va boshqalar;
  • do‘konlardagi xaridlar soni;
  • to‘langan kommunal to‘lovlar;
  • moliya monitoringidan foydalanish.

Qo‘shimcha statistika “Shak-Shak"dagi o‘yinlar soni, xayriya mablag‘lari, konsertlarga chiptalar sotib olish va boshqa harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

payme nafaqat hisob-kitoblarni to‘lash va pul o‘tkazishda, balki xarajatlarni tahlil qilish, budjetni rejalashtirishda ham yordam berib, odamlarning hayotini osonlashtiradi va tushunarli qiladi.

Reklama huquqlari asosida.