Telegram yangilandi: SI asosida stiker qidiruvi va mini-ilovalarda hamkorlik dasturi qoʻshildi

“Telegram” jamoasi messenjerda yangi oʻzgarishlarni taqdim etdi. Endi mini-ilova ishlab chiquvchilar hamkorlik dasturini ishga tushirishlari, foydalanuvchilar sun’iy intellekt yordamida stikerlarni izlashlari mumkin bo‘ladi, shuningdek, hikoyalarda rasm va videolar bilan kollajlar yaratish imkoniyati qoʻshildi.
Hamkorlik dasturlari
Ushbu yangilanishlar bilan messenjerda mini ilovalar uchun Hamkorlik dasturlari taqdim etildi. Bu kampaniyalar ijtimoiy tarmoqlar tarixida ilk bor barcha tekshira oladigan aniq va ochiq shartlar bilan tamomila shaffof tanituvlarni taklif etadi, bu esa ham influenserlar, ham ularning auditoriyalari uchun foydali boʻlishi ta’kidlanadi.
Barcha foydalanuvchilar va kanallar endi ishlab chiquvchilar tomonidan ishga tushirilgan Hamkorlik dasturlariga qoʻshilish orqali yulduzlar ishlashi mumkin. Bu uchun shunchaki Yulduzlar balansingizga kirish va mavjud dasturlar roʻyxati bilan tanishish zarur. Birortasini tanlab, unikal referal havolani olib, uni ulashishni boshlash mumkin.
Dasturlarni roʻyxatda komissiya stavkasi yoki davomiyligi asosida saralashi mumkin.
SI asosidagi stikerlar qidiruvi
Maxsus sun’iy intellekt modeli orqali stikerlar panelida bir nechta kalit so‘z bilan murakkab qidiruvlarni amalga oshirish mumkin. Qidiruv natijasida “Telegram"ning rasmiy to‘plamlaridagi 40 mingdan ortiq stikerlari orasidan javoblar ko‘rinadi.
Funksiya turli tillarda ishlaydi. Premium foydalanuvchilar yaxshilangan qidiruvdan emojilar bo‘limida ham foydalanishi, xabar paneli orqali esa tezkor stikerlar va emojilar taklifini olish, matn bilan tezda emoji kiritish uchun qisqartmalardan foydalanish mumkin.
Hikoyalarda kollajlar
“Telegram Hikoyalar"da 6 tagacha rasm yoki videoni turli tartiblarda birlashtirish (kollaj) mumkin. Media-faylni galereya yoki rasmga olish orqali qo‘shish mumkin.
Buning uchun ekranning yuqorisidagi variantlar yordamida maketlarni o‘zgartirish imkoni mavjud, rasmlarni kataklarda qayta joylashtirish uchun ushlab tortish yoki katakni o‘chirish, rasmni qayta olish kerak.
Media ustidagi izohlar
Chatlardagi media uchun izohlarni endi media muharriridagi yangi “Izohni yuqoriga koʻchirish” tugmasini bosish orqali osonlik bilan yuqoriga koʻchirish mumkin.
Avval buni biriktirmalar menyusi orqali bajarish mumkin edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afisha.uz messenjerdan foydalanishni qulaylashtiradigan layfhaklar haqida yozgandi.