“Click Day” tadbirida kompaniya “Click Travel” xizmatini ishga tushirganini eʼlon qildi

E’lon qilingan sana· 338
“Click Day” tadbirida kompaniya “Click Travel” xizmatini ishga tushirganini eʼlon qildi

29-noyabr kuni “Click Day” tadbirida kompaniya yangi yo‘nalish – Click Travel xizmatini ishga tushirganini eʼlon qildi.

Click Travel yordamida foydalanuvchilar har xil turlar, aviachipta va mehmonxonalarni bron qilishlari, sug‘urta rasmiylashtirishlari, ekskursiyalar va transfer xizmatlarini buyurtma qilishlari mumkin. Sayohat uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar endi bir joyda to‘plangan. Shunday qilib, ular asosiy narsa — yo‘nalish tanlash va yangi taassurotlardan zavq olishga eʼtibor qaratishlari mumkin.

Mazkur konsepsiyani “Click” o‘tgan taqdimotda namoyish qildi. Tadbir mehmonlari sayohatlar yaqin va oson ekanligini his qilish imkoniga ega bo‘lishdi, baʼzi ishtirokchilar esa sayohat uchun sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

“Click Travel” ishonchli hamkorlarni tanlaydi, bu esa turli yo‘nalishlar va xizmatlar tanlovini kengaytirishga imkoniyat beradi. Xizmat allaqachon O‘zbekiston aholisi orasida mashhur bo‘lgan BAA, Misr, Vyetnam kabi turistik yo‘nalishlarni qamrab oladi va talabchan sayohatchilar ehtiyojlarini qondirish uchun hamkorlar ro‘yxatini kengaytirishda davom etmoqda.

Reklama huquqlari asosida.