“Armand Nicolet”: butun dunyoni hayratga solgan "Afsona"ni haqiqatga aylantirgan tarix

E’lon qilingan sana· 25
“Armand Nicolet”: butun dunyoni hayratga solgan "Afsona"ni haqiqatga aylantirgan tarix

Shveysariya soatlarining afsonaviy brendi “Armand Nicolet” “Chrono” butikida boshqa – “Delbana”, “Swiss Military”, “Cover”, “Norqain”, “Aerowatch” kabi qiziqarli brendlar qatorida taqdim etilgan.

Shveysariya soatlari haqida gap ketganda, ko‘z oldimizda uslub, sifat va aniqlikni o‘zida mujassam etgan hashamatli aksessuar gavdalanadi. Biroq “Armand Nicolet” brendi tarixi shunchaki soatlar haqidagi hikoya emas. Bu roman bo‘lib, uning qahramonlari odamlar, mexanizmlar hamda vaqtdir.

Birinchi bob: barchasi qayerda boshlangan

1875-yil. Bern Yurasidagi Tramlan shahri. Yaqindagina sigirlar o‘tlab yurgan, omochlar shovqin solib turgan joy kutilmaganda soatsozlik san’atining beshigiga aylandi. Ana shunday osuda bir muhitda mahalliy ustaning o‘g‘li — yosh Arman Nikole oilaviy hunarmandchilikni davom ettirishga ahd qildi. Otasining kasbiga oshufta bo‘lgan Arman shunchaki soat yasamasdi — u san’at asarlarini bunyod etardi.

1902-yilga kelib uning “Atelier d’Horlogerie” ustaxonasi dunyoni lol qoldirdi. Nikole yaratgan cho‘ntak soati gulli naqsh solingan oltin korpus, sirlangan siferblat, bir tugmali xronograf va to‘liq taqvimni o‘zida jamlagan edi. Ha, aytgancha, bir daqiqalik takrorlagichi ham bor edi — nega bo‘lmasin ekan? Bu soat shunchalik mukammal ediki, u bugungi kungacha o‘z sehrini yo‘qotmagan muzey eksponatiga aylangan.

Ikkinchi bob: oila, an’analar va innovatsiyalar

1930-yillarda Arman olamdan o‘tgandan keyin, fabrikani boshqaruvi uning o‘g‘li Villining qo‘liga o‘tdi. Aynan u Tramlanni Shveysariya soat sanoatining uchinchi markaziga aylantirdi. Tasavvur qiling: 800 nafar usta, 150 ta fabrika va bu hududda ishlab chiqarilgan soatlar dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan butun bir davr.

1950-yilda “Ajustor” mexanizmining ixtiro qilinishi eng yuqori cho‘qqi bo‘ldi. Endi vaqtni sozlash uchun hech kim soat korpusini ochish bilan ovora bo‘lishni istamadi — bu endi bir necha soniyada amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Biroq 1970-yillar Shveysariya soat sanoatiga inqiroz keldi. Mexanika davri o‘z nihoyasiga yetayotgandek tuyulardi. Ammo “Armand Nicolet” taslim bo‘lish o‘rniga, boshqa brendlar uchun murakkab mexanizmlar ishlab chiqarish yo‘nalishini oldi.

Uchinchi bob: taqdirni o‘zgartirib yuborgan uchrashuv

1987-yil. Soatsozlik sohasida 20-yildan ortiq ishlagan italiyalik tadbirkor Rolando Braga Villi Nikole bilan uchrashadi. Bu uchrashuv taqdir taqozosiga aylanadi. Bir yil o‘tgach, brend tarixining yangi bosqichi boshlanadi: Shveysariya aniqligi va italyan kreativligini birlashtirgan ishlab chiqarish qayta tiklanadi.

1990-yillarda kompaniya Shveysariya va Italiyani qamrab olgan xoldingni yaratdi. Shu paytdan boshlab “Armand Nicolet"ning har bir kolleksiyasi an’analar va zamonaviy dizaynning sinteziga aylanadi.

To‘rtinchi bob: tarixdan nafas oluvchi mexanizmlar

Brendning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ustaxona arxivlaridan topilgan qadimiy mexanizmlardan foydalanishdir. Ushbu mexanizmlar 1940-yillardan boshlab soat san’atining haqiqiy durdonalari bo‘lgan L06 va L07 cheklangan seriyalariga yangi hayot bag‘ishladi.

“Armand Nicolet” hanuzgacha uning asoschisi tomonidan yaratilgan falsafaga amal qiladi. Ko‘p detallar qo‘lda ishlab chiqariladi, yig‘ish jarayoni esa e’tibor va tajriba talab qiladi. Ustaxonada har yili 10 mingga yaqin soat ishlab chiqarilib, ularning har biri qat’iy sertifikatlashdan o‘tkaziladi.

Beshinchi bob: davom etayotgan meros

Bugungi kunda Armand Nicolet o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi mukammal muvozanatning timsoli bo‘lib qolmoqda. 3D modellashtirish texnologiyalari siferblatlardan tortib kamarlargacha bo‘lgan eng kichik detallarni yaratishda qo‘llaniladi, an’anaviy qo‘lda ishlash usullari esa har bir buyumni noyob qiladi.

“Armand Nicolet” tomonidan ishlab chiqilgan mexanizmlar shunchaki aniq soat emas. Ular tarixni hikoya qiluvchi asarlardir. Har bir strelka, har bir o‘yib ishlangan korpus zamon va uni yaratuvchi odamlarga hurmat-ehtirom ifodasidir.

Epilog: nima uchun “Armand Nicolet” soatdan ko‘ra ko‘proq narsa ekan

Toshkentda Armand Nicolet brendining rasmiy vakili “Chrono” butikidir. Biznes-Park'ning ishbilarmonlik markazida joylashgan ushbu do‘kon shunchaki savdo nuqtasi emas, balki vaqt tarixi jonlanadigan joydir.

“Chrono"ning malakali maslahatchilari sizga brend kolleksiyalari haqida mamnuniyat bilan so‘zlab beradilar hamda sizning xarakteringiz va uslubingizni aks ettiradigan mukammal modelni tanlashga yordam beradilar. Agar ufqlarni kengaytirishga tayyor bo‘lsangiz, bu yerda Shveysariyaning “Delbana”, “Swiss Military”, “Cover”, “Norqain” va “Aerowatch” kabi qiziqarli brendlari ham taqdim qilingan.

Ushbu brendlarning har biri o‘ziga xos: “Delbana"ning nafis oddiyligidan tortib, “Norqain"ning sarguzasht to‘la energetikasigacha. “Chrono"da siz xoh u ishchi uchrashuvmi, xoh faol dam olish yoki tantanali tadbir bo‘lsin — har qanday hodisa uchun soat topa olasiz.

“Armand Nicolet” shunday degan edi: “Soat shunchaki asbob emas, bu vaqt ruhidir”. “Chrono"da soat tanlash orqali siz tarix, mahorat va benuqson uslubga ega bo‘lgan ushbu qalbning bir qismiga aylanish mumkin.

Телефон: (+998) 90−183−9999.
Адрес: Яшнабадский р-н, проспект Пахлавона Махмуда, 28.

Сайт: chrono.uz
Instagram: @chrono.uz

Reklama huquqlari asosida.