Anons

Kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish mavzusida ma'ruza

E’lon qilingan sana· 141
Kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish mavzusida ma'ruza

IT Park’da “Unreal Engine 5 yordamida kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish” mavzusida ma’ruza boʻlib oʻtadi.

Barcha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar butun ma’ruza davomida kompyuter o‘yinlari, jumladan Aleksandr Muxitdinovning o‘yini misolida namoyish etiladi. Unda ishtirokchilar “Blueprint”, “UMG”, “Material” va boshqa ko‘plab vositalar haqida batafsil ma’lumot olishi mumkin boʻladi. “Unreal Engine” bo‘yicha oldindan tajribaga ega bo‘lish talab etilmaydi.

Ma’ruzani Toshkentdagi “Epic Games” (AQSh) tomonidan tasdiqlangan rasmiy “Unreal Engine” guruhining o‘qituvchisi, dasturchisi va tashkilotchisi Aleksandr Muxitdinov olib boradi.

Ishtirok etish bepul. Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish zarur.

    • Sana
      22 noyabr, 18:00
      Joy
      IT Park
      Toshkent, Муминова ko‘ch., 4/3