Apple yangi iPad mini'ni taqdim etdi. U avvalgisidan arzonroq

E’lon qilingan sana· 43
Apple yangi iPad mini'ni taqdim etdi. U avvalgisidan arzonroq

“Apple” yettinchi avlod — ixcham “iPad mini” planshetini taqdim etdi.

Yangi mahsulotga iPhone 15 Pro va 15 Pro Max’dagidek yangi Apple A17 Pro chipi oʻrnatilgan, 128 GB xotirali versiya uchun narxlar pasaytirildi, yangi ranglar qoʻshildi va Apple Pencil Pro stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. 2021-yilda taqdim etilgan oltinchi avlodga nisbatan boshqa o‘zgarishlar yo‘q.

Undagi muhim o‘zgarish Apple A15 Bionic chipining Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan A17 Pro bilan almashtirilishi bo‘ldi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi “iPad mini” oltinchi avloddan 30% tezroq, shuningdek, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bilan bog‘liq vazifalarda ikki baravar tezroq bo‘ladi.

Asosiy versiya endi oldingi 64 GB o‘rniga 128 GB xotiraga ega bo‘ldi. Sotuvda endi uch xil — 128, 256 va 512 GB hajmli versiyalar mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, Apple Pencil Pro va Pencil Hover funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati paydo bo‘ldi, shuningdek Wi-Fi va Bluetooth 5.0 va 6 versiyalaridan 5.3 va 6E versiyalariga yangilandi.

iPad mini palitrasida bitta rang almashtirildi: pushti rang o‘rniga havo rang qoʻshildi. Avvalgi planshetdan yangilanish chastotasi 60 Gs bo‘lgan 8,3 dyuymli IPS-ekran qoldi.

AQShda yangi iPad mini 128 GB ichki xotiraga ega versiyasi uchun $499 (taxminan, 6 410 000 so‘m) dan sotuvga chiqariladi. 2021-yilgi asosiy “iPad mini” xuddi shu narxda sotilgan, ammo uning ichida 64 GB xotiraga ega edi, ya’ni yangi mahsulot arzonroq boʻldi.