BYD Uzbekistan "Yuan Up" modelini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 47
BYD Uzbekistan "Yuan Up" modelini taqdim etdi

16-oktyabr kuni “BYD Uzbekistan” kompaniyasi yangi elektromobil — “Yuan Up” modeli taqdimotini oʻtkazdi.

Ushbu modelda 100 kmga elektr energiyasi sarfi 12 kVt/soatni tashkil qiladi. Toʻliq quvvat bilan 401 km masofa bosib oʻtish mumkin. U 0 dan 100 km/s tezlikka 7,9 soniyada chiqa oladi.

Elektromobilga “BYD Blade Battery” (LFP) batareyasi oʻrnatilgan. DC quvvatlash porti maksimal 65 kVt.


Foto: Telegram / @na_begu

Mashina 3 xil rangda taqdim etiladi: oq, kulrang va yashil. Kompaniya saytida yangi modelga oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. Uning narxi 266 700 000 soʻmni tashkil qiladi.