"UzAuto Motors" Chevrolet Cobalt’ning yangi versiyasi – Midnight'ni taqdim etdi
“UzAuto Motors” O‘zbekistonda eng ommabop avtomobil — “Chevrolet Cobalt” uchun yangi Midnight konfiguratsiyasini chiqaradi.
Bu “didingiz va yoqtirgan rangingzidagi mashina” boʻladi, deydi kompaniya.
Yaqin kunlarda Andijon viloyati Asaka shahridagi avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan “Chevrolet Cobalt Midnight” kontseptsiyasini yaratishda aynan avtomobil ishqibozlarining didi va istaklari ilhom manbai boʻlgan.
“UzAuto Motors” marketologlarining fikricha, avtomobil ixlosmandlari o‘z mashinasini koʻpchilikdan ajralib turishini xohlashadi. Shunday qilib, ular kuzov rangi, bezaklari, noyob gʻildiraklari va boshqa bezak elementlarini tanlash imkoniyatiga ega.
Birinchi bosqichda “Chevrolet Cobalt Midnight” yorug‘lik moslamalari va to‘q rangdagi diskalar bilan jihozlanadi. Kelgusida avtomobil salonining dizaynini yangilash rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, “Chevrolet Cobalt Midnight” 106 ot kuchiga ega bir yarim litrli dvigatel va avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Oldingi “Cobalt” konfiguratsiyasiga qoʻshimcha ravishda yaxshilangan tashqi xususiyatlarga ega avtomobil ishlab chiqariladi.