O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 303 mingdan ortiq avtomobil sotildi

E’lon qilingan sana· 95
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 303 mingdan ortiq avtomobil sotildi

“O‘zAvtosanoat” kompaniyasi 2024-yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha statistika ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ushbu davr mobaynida jami 303 373 ta avtomobil sotilgan. Bular:

  • “UzAuto Motors” — 271 221;
  • “ADM Jizzakh” — 19 766;
  • “BYD Uzbekistan Factory*” — 11 580;
  • “Jizzakh Auto*” — 328;
  • “SamAuto” — 194;
  • “Asaka Motors” — 284.

Ushbu davrda eng mashhur model “Chevrolet Cobalt” bo‘ldi, bu model 99 577 ta sotildi. Ikkinchi o‘rinni 71 875 dona sotilgan “Damas” egalladi.