Telegram'da xabar yuborilgandan keyin ham mediafayl qoʻshish imkoniyati paydo boʻladi
Telegram asoschisi va rahbari Pavel Durov messenjerdagi yaqin kelajakda kutilayotgan oʻzgarishlar bilan boʻlishdi. Unga koʻra, yaqin orada xabar yuborilganidan keyin unga media-fayl qo‘shish imkoniyati paydo boʻladi.
Durov oʻzining Telegram kanalida ilovani yaxshilash borasida kiritgan 10 ta taklifi jamoa tomonidan qanchalik tayyorlangani haqida yozib, ular aynan qanday funksiyalar ekaniga aniqlik kiritdi.
“Men Telegram jamoasini yaxshi ko‘raman. Kechagina ilovalarimizni yaxshilash borasida 10 ta yangi taklif berdim. Oʻsha kunning oʻzida ularning nusxalari tayyor boʻldi, endi esa mazkur funksiyalar amalga oshirilgan to‘liq funksional tuzilmalar mavjud”, — deb yozdi u.
Bu yangilanishlarda hadyalarga 5 ta, heshteglarga 3 ta yaxshilanish, xabar yuborilganidan keyin unga media qo‘shish imkoniyati va xabar tahrirlangan vaqtni ko‘rish imkoniyati mavjud.
“Hammasi bir kunda. Telegram jamoasi ko‘pchilik xabar almashish ilovalari qanday ishlashini shakllantirgani ajablanarli emas va bu muloqotdagi deyarli barcha yangiliklarga hissa qo‘shadi”, dedi u.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kungi yangilanishlarda foydalanuvchilarga maxsus hadya yuborish imkoniyati taqdim etilgandi.