YouTube Shorts formatidagi videolar davomiyligini uzaytiradi
E’lon qilingan sana: · 81
YouTube videoxosting Shorts’dagi qisqa videolarning davomiyligini bir daqiqadan uch daqiqagacha oshiradi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarga koʻra, o‘zgartirishlar 2024-yil 15-oktyabrdan kuchga kiradi. Bunday yangilik ushbu formatda kontent yaratadigan foydalanuvchilar orasida talab oshgani bilan izohlandi.
Shuningdek, YouTube akkaunt tasmasida Shorts formatidagi videolarni kamroq ko‘rsatish imkonini beruvchi funksiyani ham kiritadi. Kontent yaratuvchilariga qisqa videolarni yaratishni osonlashtiradigan shablonlar taqdim etiladi.
Oldinroq YouTube “Playables” oʻyinlar xizmatini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.