Instagram kichik yoshdagi foydalanuvchilar uchun “o‘smirlar” akkauntlarini joriy qildi

E’lon qilingan sana· 62
Instagram kichik yoshdagi foydalanuvchilar uchun “o‘smirlar” akkauntlarini joriy qildi

Instagram 2024-yil 17-sentabrdan boshlab 18 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “o‘smirlar” akkauntlarini qoʻshdi.

Qayd etilishicha, 18 yoshgacha bo‘lgan barcha yangi foydalanuvchilar yangi “o‘smirlik” akkaunt turiga ega boʻladi. Bu avvaliga AQSh, Avstraliya, Kanada va Buyuk Britaniyada ishlay boshlaydi. Keyinchalik avval ro‘yxatdan o‘tgan akkauntlar ham “o‘smir"ga aylanadi.

Funksiya 2025-yilda Yevropa Ittifoqida paydo bo‘ladi, keyinchalik “Meta” uni boshqa platformalarida ham joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bunday akkauntlarga nisbatan maxsus xavfsizlik choralari qo‘llaniladi: masalan, akkauntlar yopiq bo‘ladi, begonalar birinchi navbatda o‘smirga yoza olmaydi, soat 22:00 dan ertalabki 07:00 gacha bildirishnomalarsiz rejim faollashadi.

O‘smirlar o‘zlarining yoshiga mos keladigan mavzular bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rishi mumkin boʻladi. Masala, sport, sayohat, hayvonlar va boshqalar. Ota-onalar farzandi kim bilan SMS yozayotganini ko‘ra oladi, lekin xabarlar mazmunini emas. Shuningdek, ular o‘smirni eng ko‘p qiziqtirgan mavzularga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar sozlamalarga o‘zlari o‘zgartirish kiritishi mumkin, boshqalari esa ota-onalaridan ruxsat olishlari kerak — masalan, agar bola akkauntni hammaga ochiq qilmoqchi bo‘lsa.