Oʻzbekistonga yana bir mobil operatori kirishi rejalashtirilmoqda
Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri boʻlgan Britaniyaning Vodafone kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda “Газета.uz”.
Ma’lumot uchun, Vodafone Group Plc qirq yillik tarixga ega va 30 mamlakatda 434 mln foydalanuvchisi (dunyodaChina Mobile’dan keyin ikkinchi ko‘rsatkich) bo‘lgan dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalari guruhlaridan biri hisoblanadi. Yana 50 ta davlatda u to‘liq nazoratga ega bo‘lmagan tarmoqning hamkori boʻlib, ovozli xabar almashish, ma’lumotlar va statsionar aloqa kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi.
Qayd etilishicha, loyiha 2025-yilning birinchi choragida boshlanadi, shuningdek, 1000 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Loyihada o‘z jihozlari bilan Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi ham ishtirok etadi.