Zeekr 001 va 007 elektromobillarining 2025-yil versiyasi taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 877
Zeekr 001 va 007 elektromobillarining 2025-yil versiyasi taqdim etildi

“Zeekr” kompaniyasi Zeekr 001 liftbeki va Zeekr 007 sedanining 2025-yil uchun yangilanagan versiyasini taqdim etdi.

Yangi Zeekr 001 2024-yil modelining barcha funksiyalari va konfiguratsiyasi, shuningdek, tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan. 2025-yil versiyasi faqat Eva ovozli yordamchisi va takomillashtirilgan Intelligent Driving 2.0 avtonom haydash tizimi bilan farq qiladi. Yangi versiyada ikkita yangi rang qoʻshildi — koʻk va sargʻish.

Yangilangan Zeekr 001 ning narxi 2024-yilgi modelga nisbatan 1 398 dollarga (17 546 000 so‘m) arzonlashgan — Xitoyda dastlabki komplektatsiya narxi 36 205 dollardan (454 440 000 so‘mdan) boshlanadi.

Yangilangan Zeekr 007 endi yashil rangda ham sotiladi. Shuningdek, avtomobil uchun yangi dizayndagi diskalar qoʻshilgan. Tashqi tomondan 2025-yilgi model avvalgisidan farq qilmaydi.

Elektromobil Eva ovozli yordamchisi bilan jihozlangan va avtonom haydash tizimi hozirda umumiy quvvati 508 TOPS boʻlgan Orin X chiplari bilan jihozlangan, shuningdek, lidar va 30 dan ortiq boshqa sensorlarga ega. Endi sedan 30 turdagi murakkab chorrahalarni mustaqil ravishda bosib o‘ta oladi. Avtonom haydash tizimi 1000 ta yangi yoʻl ssenariylari uchun “oʻrgatilgan”. Shuningdek, yangi mahsulot uchun favqulodda tormoz tizimi takomillashtirilgan — uning maksimal javob tezligi 120 km/soatgacha oshirildi.

Sedan shuningdek, texnik yangilandi: Golden Brick 2.0 akkumulyatori; quvvatlash vaqti 70% gacha (10% dan 80% gacha) 10,5 daqiqaga kamaydi. Tezlanish dinamikasi ham yaxshilandi: orqa g‘ildirak bilan Zeekr 007 100 km/soat tezlikka 5 soniyada (ilgari 5,4), to‘liq g‘ildirak bilan esa endi oldingidek 3,5 soniya emas, 3,4 soniyada tezlashadi.

Yangi 007 dvigatelining kuchi ham, diapazoni ham oʻzgarmadi — quvvati 75 kVt / soat boʻlgan akkumulyatorli versiyalarda 616−688 kilometr va 100 kVt quvvatga ega batareyasi boʻlgan versiyalarda 770−780 kilometr.

Xitoyda 2025-yilgi Zeekr 007 narxi, eng yuqori darajadagi Performance’dan tashqari barcha komplektatsiyalar 2796 dollarga (35 092 000 so‘m) arzonlashdi. Bazaviy komplektatsiya sotuvdan olib tashlandi, endi narxlar 29 341 dollardan (368 288 000 so‘mdan) boshlanadi.