100 dollardan arzon sifatli quloqchin – Soundcore Space Q45 sharhi
Ikki yil davomida 300 dollarli "Sony WH-1000XM4"dan foydalangandan soʻng 100 dollarli "Soundcore Space Q45"ga oʻtish boʻyicha shaxsiy tajriba.
Afisha.uz'ning gadjetlar sharhlovchisi 100 dollar evaziga katta hajmdagi shovqinni pasaytirish funksiyasiga ega quloqchin – "Soundcore Space Q45" sotib oldi. Bungacha u 2 yil davomida 300 dollarli "Sony WH-1000XM4" flagmanidan faol foydalangan. U ikki oydan koʻproq vaqt davomida yangi gadjetdan foydalanmoqda va endi shaxsiy tajribasi bilan boʻlishadi. Shuningdek, nega Sony uchun ortiqcha toʻlamasligi haqida gapirib beradi.
Qutini ochish
Quti ichidan quloqchin va gadjet rangidagi g‘ilof, ko‘rsatmalar yozilgan qogʻoz va ikkala tomoni 3,5 mmli rzyomi bo‘lgan ovozni uzatish va quvvatlash uchun ikkita sim chiqadi.
Gʻilof mustahkam va ishlatish uchun qulay. XM4'ning yangi qutisida yetishmayotgan yagona narsa – bu simlarni saqlash uchun alohida choʻntak. Zamok qoʻlning yengil harakati bilan tiqilib qolmasdan ochiladi.
Dizayn
Q45 XM4'ga qaraganda ancha chiroyli va katta koʻrinadi. Umumiy koʻrinishni buzadigan yagona narsa quloqchin chashkalaridagi "soundcore"ning katta logotiplari va chapdagi yozuv: ular katta, glyans va chiroq tushganda porlaydi. Q45 korpusi yuqori sifatli plastmassa va metall hoshiyasi bilan ancha chiroyli.
Oq koʻp foydalaniladigan rang emas, ayniqsa transportda. Ammo quloqchinlarning goʻzalligi va chiroyli narsa sotib olgan ichingizdagi bolachaning xursandchiligi tufayli gadjetni tez-tez artib turishga arziydi. Men naushniklarni yoz boshidan beri ishlataman – ular vaqt sinovidan o‘tdi va ikki oy davomida ochiq havoda, Oʻzbekistonning zarrin quyoshi ostida taqib yurganimdan keyin ham sarg‘ayib ketmadi.
Q45 boshingizga kiyish qulaymi?
Quloqchin ogʻirligi atigi 292 grammni tashkil qiladi. Men ulardan kun boʻyi foydalanaman, masalan, 8:30 dan 18:30 gacha yechmasdan. Buncha vaqtda hech qachon bosh ogʻrigʻi yoki ularni kiyishdan noqulaylik his qilmaganman. Ba'zi payt men hatto boshimdagi ularni sezmay qoldim. Taqqoslash uchun, XM4 vazni kamroq - 253 gramm, XM5 - taxminan 250 va AirPods Max - 385 grammgacha.
Avtonomiya
Q45'ning batareyalar faol shovqinni pasaytirish funksiyasi yoqilganda 50 soatgacha, u oʻchirilganda esa 65 soatgacha. Kuniga taxminan oʻn soat foydalanish bilan quloqchilar quvvati menga bir haftaga yetadi. Men ular bilan Toshkentdan Taypeyga bir hafta uchib keldim va juda faol foydalanishga qaramay, shu vaqt ichida quloqchinni quvvatlamadim.
Tugmalar va ilova orqali boshqaruv
Q45 korpusida naushniklarni yoqish va o‘chirish, pauza va davom ettirish, ovoz balandligini oshirish va kamaytirish uchun barcha kerakli tugmalar, shuningdek, shovqinni kamaytirish rejimini o‘zgartirish tugmasi mavjud. Trekni almashtirish uchun alohida tugma yoʻq – keyingi qoʻshiqqa oʻtish uchun ovoz balandligini oshirish tugmachasini ushlab turish kerak va aksincha.
Tinglash vositalarining toʻliq ishlashi uchun siz "soundcore" dasturini yuklab olishingiz kerak. Shovqinni kamaytirish darajasini va shaffoflik rejimini sozlashdan tashqari, u, masalan, turli janrlar va oʻrnatilgan oq shovqin uchun koʻplab oldindan sozlamalarga ega. Ikkinchisi turli xil tovushlardan batafsil sozlangan va ish jarayoniga moslashishga yordam beradi.
Ovoz va shovqinni pasaytirish funksiyasi
Q45'dagi ovoz nihoyatda yaxshi. Tinglash vositalari LDAC kodekini qoʻllab-quvvatlaydi, bunda ular oʻzlarining toʻliq imkoniyatlarini ochadi. Mening yangi "quloqlarim" mazza qiladigan striming xizmatlari haqida gapirmasa ham boʻladi. Oʻzi yetarli boʻlgan past chastotalar "BassUp" funksiyasi yordamida oshirilishi mumkin. Quloqchin ulangan ikkita qurilma oʻrtasida tezda almasholadi va buni juda yaxshi uddalaydi.
Shovqinni pasaytirish funksiyasi qanday ishlashi kerak boʻlsa, shunday ishlaydi va hech qanday noqulaylik tugʻdirmaydi - hatto yigirma soatlik uzoq parvozlarda ham ANC yaxshi ishladi. Menga Sony WH-1000XM5 bilan solishtirganda uning darajasi biroz pastroqdek tuyuladi, ammo bu juda muhim emas.
Xulosa va narxlar
"Space Q45 soundcore"dan ikki oy foydalanganimdan soʻng, Sony minigarnituralarini sotib olmaganimdan hech qachon afsuslanmadim. Q45 da ham bir xil imkoniyatlar" bir xil yuqori sifatli ovoz va shovqinni pasaytirish funksiyasi. Toʻliq baxt uchun birgina avtopauza datchigi yetishmaydi. Ammo Q45 dagi past narx va deyarli ikki baravar yuqori avtonomiya darajasi, raqobatchilar bilan solishtirganda, pauza sensori yoʻqligini yopib ketadi.
Q45 ni yoz boshida 105 dollarga (1 323 000 so‘m) sotib oldim. Avgust oyida ularni 10 dollar (126 000 soʻm) arzonroqqa sotib olish mumkin. Taqqoslash uchun, "Sony WH-1000XM5" O‘zbekistonda 275 dollarga (3 456 000 so‘m), Apple AirPods Max 470 dollarga (5 906 000 so‘m) sotilmoqda.