"OpenAI" GPT-4o – bepul botni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 423
"OpenAI" GPT-4o – bepul botni taqdim etdi

“OpenAI” ChatGPT uchun bir qator yangilanishlar, jumladan MacOS ilovasi, takomillashtirilgan interfeys va yangi til modelini taqdim etdi. Yangi modelning asosiy xususiyatlaridan biri uning real ovozi bo‘lib, u foydalanuvchi talablariga qarab o‘zgaradi.

Yangi GPT4 Omni modeli barcha foydalanuvchilar uchun bepul boʻladi. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, u koʻp narsada, ayniqsa kodlashda asosiy GPT-4 dan yaxshiroq. GPT-4o orqali kerakli matnni belgilab, u boʻyicha fidbek olish mumkin.

OpenAI’ning boshqa yangiliklari:

  • nutqi “inson nutqidan farq qilmaydigan” toʻliq ovozli yordamchi;
  • boshqa tildan nutqni real vaqt rejimida tarjima qilish mumkin (bot dialogni ikkala ishtirokchiga ham tushunarli tarzda tarjima qiladi, ma’noni yetkazadi va kontekstni tushunadi);
  • model masalani qanday yechish kerakligini tushuntira oladi, masalan, matematikadan, lekin uni oʻzi yechmaydi, balki uni qanday hal qilishni tushuntiradi;
  • assistent tillarni oʻrganishda yordam beradi;
  • ChatGPT, telefon kamerasi yordamida koʻzi ojiz insonga uning atrofida nima borligini aytib berishi mumkin;
  • bot foydalanuvchini qiziqtirgan boʻsh ish oʻrinlari uchun intervyuga tayyorlashi mumkin, shunchaki boʻsh ish oʻrni, kompaniya haqidagi ma’lumotlarni yuklash kifoya;
  • Suhbat toʻlaqonli ishtirokchi sifatida haqiqiy odamlar bilan qoʻngʻiroqqa ulanishi mumkin.

“OpenAI Plus” obunasi boʻlgan MacOS foydalanuvchilari yangi ChatGPT ilovasiga oldinroq kirish huquqiga ega boʻlishadi va kompaniya tez orada kengroq foydalanishni va’da qilmoqda. Ilovaning Windows uchun chiqarilishi yil oxiriga rejalashtirilgan.

“OpenAI”, shuningdek, ChatGPT veb-versiyasini optimallashtirdi, u endi tabiiyroq va foydalanuvchilarga qulayroq boʻldi. Maqsad, ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, interfeysdagi tartibsizliklarni minimallashtirish va foydalanuvchilarga ChatGPT bilan hamkorlik qilishga imkon berish hisoblanadi.